toggle_night_mode
Hujjat 22.11.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3043-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 10-iyuldagi 24, 112-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3043, 2018-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 30-son, 631-modda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-noyabr,
42-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-noyabr,
72-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3043-1/1083-son)