Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorga (roʻyxat raqami 2722, 2015-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 550-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:”;
a)
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.”;
b)
8-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
9-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g)
10-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d)
11-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
19-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j)
23-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhiga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z)
2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin.