1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA ICHIMLIK SUV TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining suv taqchilligidan zarar koʻrgan aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, mintaqa aholisini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek resurslarni tejash siyosatini amalga oshirish va Orol boʻyida qishloq ichimlik suv taʼminoti infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun qaytarish muddati, shu jumladan besh yildan iborat imtiyozli davr bilan birga, 25 yil boʻlgan 38,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berishni maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Osiyo taraqqiyot bankining qarzi Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimi asosida beriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda Loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agent hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
investitsiya davrida (2002—2006-yillarda) qarz boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovi Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
Subloyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda Osiyo taraqqiyot banki qarzining oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Xorazm viloyati hokimi zimmasiga yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Loyihaning alohida komponentlarini Oʻzbekiston ulushi hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash uchun potensial investorlar mablagʻlarini belgilangan tartibda jalb etish chora-tadbirlarini belgilasin.
5. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Loyiha bitimini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tegishli suv taʼminoti tashkilotlari bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga vakil qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
2007-yildan boshlab, har yilgi davlat budjetlarini shakllantirishda Osiyo taraqqiyot bankining koʻrsatilgan qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga, vositachilik haqi va foizlarni toʻlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda Xorazm viloyati mahalliy budjeti hisobidan, mintaqalar suv taʼminoti tashkilotlarining ushbu maqsadga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda, mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
Osiyo taraqqiyot bankining ushbu Loyiha boʻyicha qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamgʻarmalari va zaxiralari. Kapitallashtirish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2003—2006-yillar uchun investitsiya dasturini shakllantirishda Loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda Oʻzbekistonning yetishmaydigan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan har yilgi kapital qoʻyilmalar limitini nazarda tutsinlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang)]
9. Loyihani amalga oshirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bir oy muddatda, belgilangan tartibda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzurida 7 kishidan iborat tarkibda Loyihani boshqarish guruhini tuzsin, guruh faoliyati Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlari hisobidan milliy valyuta — “soʻm”da mablagʻ bilan taʼminlanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Loyihani amalga oshirish davomida suv taʼminoti xizmatlari uchun suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlaydigan tarif siyosatini amalga oshirsinlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqva Bojxonakodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida import boʻyicha keltiriladigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari), Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) esa — mazkur Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ulushi sifatida, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi buyurtmanomalariga koʻra, ushbu Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi buyurtmanomalariga koʻra, Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddatini uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)