1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirINING
buyrugʻi
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-oktabr,
31-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 26-oktabrdagi 31-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 21-banddagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 23-banddagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 26-banddagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 33-banddagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son; 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)