Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha, shuningdek koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlaridan qarzdorligi mavjudligi onlayn rejimda tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.”.
“qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;”.