1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi 480-II-sonli
Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 4
1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 1
1-modda bilan toʻldirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining belgisi va shtandartiga (bayrogʻiga) ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining belgisi va shtandarti (bayrogʻi) tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.