Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
“Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining
13-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016-yil 30-sentabrdagi 22-B-son “Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 481-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.