1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-oktabr,
631-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSh dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar berish”;
b) quyidagi mazmundagi 2-band qoʻshilsin:
“Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga kafilliklar berish tadbirlarini moliyalashtirish uchun 2022-yildan boshlab har yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratilishi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin”.
“elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSh dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar berish”;
7-bandga quyidagi mazmundagi “l” kichik band qoʻshilsin:
“l) elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSh dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-oktabrdagi 877-son qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini — rivojlantirish jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining TARKIBI
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
Abdinazarov Bobur Qalandarovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari
4.
Voitov Aziz Botirovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
Rahmonov Asror Ruziyevich
—
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi moliya boshqarmasining boshligʻi, Kengash kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”;
3-bandda quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jamgʻarmaga respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2021-yilning birinchi, ikkinchi va uchinchi choraklarida teng ulushlarda 75 milliard soʻm miqdorida ajratilgan mablagʻlar va keyingi yillarda budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar”;
“4. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foylalaniladi:
a) elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlash tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq bitta holat boʻyicha ekvivalenti 20 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
b) ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi tarmoq tashkilotlarining mahsulotlarni ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash;
v) startap-loyihalarni moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmogʻida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish;
g) elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida boʻsh turgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va ulardagi tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash, shuningdek, hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklarni tashkil etish;
d) elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish;
e) elektrotexnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini, biroq bitta holat boʻyicha ekvivalenti 10 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
j) elektrotexnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining tashqi bozorlarda mahsulotlarning ommabopligini oshirish boʻyicha marketing olib borishi, tarmoq loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini (biznes-reja, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqishi, shuningdek, jahon bozorini oʻrganish va marketing tahlillarini amalga oshirish uchun xalqaro maʼlumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanishi bilan bogʻliq xarajatlarini 50 foizgacha qoplash;
z) mahalliy elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlarni targʻib etish boʻyicha respublikada va xorijiy davlatlarda koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etish, seminarlar oʻtkazish, taqdimot materiallari va koʻrgazma stendlarini tayyorlash;
i) “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ijro apparatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman yoki toʻliq moliyalashtirish;
k) jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi depozitga belgilangan tartibda joylashtirilishidan olingan foiz mablagʻlar hisobidan “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish”.
“8. Kengash tomonidan tasdiqlanadigan va tarkibiga “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari va mutaxassislari kiradigan ekspert guruhi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi”;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarga sotish bilan bogʻliq xarajatlar mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiluvchi tarmoq tashkilotlari eksport qiymatining 6 foizigacha qoplanadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlari ROʻYXATI
Qayta ishlangan mis quvurlari va naychalari hamda boshqalar
4,0%
3.
8544 111000
Loklangan yoki emallangan oʻrama mis simlar
4,0%
4.
8544 119000
Boshqa oʻramali mis simlar
4,0%
5.
8544 200000
Koaksial va boshqa elektr oʻtkazgichli koaksial kabellar
6,0%
6.
8544 300001
Oʻt oldirish svechalari uchun va boshqa sim oʻtkazgich toʻplamlari, avtotransport vositalari, 8701-8705 gacha pozitsiyadagi avtotransport vositalarini sanoatda yigʻish va foydalanish uchun
6,0%
7.
8544 300002
Samolyotlarda ishlatiladigan aviatsiya dvigatellarini ishlab chiqarish uchun oʻt oldirish svechalari va boshqa sim oʻtkazgich toʻplamlari
6,0%
8.
8544 300007
Avtotransport vositalari uchun misdan izolyatsiyalangan oʻtkazgichli simlar jamlanmasi
6,0%
9.
8544 300008
Avtotransport vositalari, samolyotlar yoki kemalarda ishlatiladigan oʻt oldirish svechalari uchun sim oʻtkazgich toʻplamlari
6,0%
10.
8544 421000
Telekommunikatsiyalarda ishlatiladigan, ulanish moslamalari bilan jihozlangan 1000 V dan yuqori boʻlmagan boshqa elektr oʻtkazgichlar
4,0%
11.
8544 429003
Fuqarolik havo kemalari yoki aviatsiya dvigatellari ishlab chiqarish uchun ulanish moslamalari bilan jihozlangan 80 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun boshqa elektr oʻtkazgichlar
6,0%
12.
8544 429007
80 V dan yuqori boʻlmagan ulanish moslamalari bilan jixozlangan elektr oʻtkazgichlar
6,0%
13.
8544 429009
80 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun ulanish moslamalari bilan jihozlangan, 1000 Vdan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun boshqa elektr oʻtkazgichlar
4,0%
14.
8544 492000
80 V dan yuqori boʻmagan kuchlanish uchun telekommunikatsiyalarda ishlatiladigan elektr oʻtkazgichlar
6,0%
15.
8544 499101
80 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun diametri 0,51 mmdan yuqori boʻlgan izolyatsiyalangan oʻtkazgichli simlar va kabellar
5,0%
16.
8544 499301
8701-8705 pozitsiyali avtotransport vositalarini sanoatda yigʻish uchun 80 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar, ularning tarkibiy qismlari va agregatlari.
4,0%
17.
8544 499302
Aviatsiya dvigatellarini ishlab chiqarish uchun 80 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar
4,0%
18.
8544 499309
80 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar va boshqalar (8701 — 8705 pozitsiyali avtotransport vositalarini sanoatda yigʻish uchun elektr oʻtkazgichlar, ularning tarkibiy qismlari va aviatsiya dvigatellari ishlab chiqarish uchun oʻtkazgichlar bundan mustasno)
4,0%
19.
8544 499500
80 V dan yuqori, ammo 1000 Vdan kam kuchlanishli elektr oʻtkazgichlar
4,0%
20.
8544 499900
1000 V dan yuqori kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar
6,0%
21.
8544 601000
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr mis oʻtkazgichlar
4,0%
22.
8544 609001
1000 Vdan oshadigan kuchlanish uchun boshqa elektr oʻtkazgichlar, boshqa oʻtkazgichlar bilan 8701-8705 pozitsiyali avtotransport vositalarini sanoatda yigʻish uchun elektr oʻtkazgichlar, ularning tarkibiy qismlari va aviatsiya dvigatellari ishlab chiqarish uchun oʻtkazgichlar
4,0%
23.
8544 609009
1000 V dan yuqori kuchlanishli boshqa elektr oʻtkazgichlar, boshqa oʻtkazgichlar bilan
5,0%
24.
8544 700000
Optik tolali simlar
6,0%
25.
7408 19 100 0*
Maksimal oʻlchamdagi kattaligi 0,5 mmdan yuqori mis simlar
3,0%
26.
7408 19 900 0*
Maksimal oʻlchamdagi kattaligi 0,5 mmdan oshmaydigan mis simlar
3,0%
27.
7413 00 000*
Elektr izolyatsiya qilinmagan misdan tayyorlangan simlar, kabel shnurlar, troslar va shunga oʻxshash simlar
3,0%
28.
7412 100000
Tozalangan misdan tayyorlangan quvurlar yoki naychalar uchun mis fitinglar (masalan, muftalar, tirsak va aylanma gardishlar)
4,0%
29.
7412 200000
Mis qotishmalarning quvurlari yoki naychalari uchun mis fitinglar (masalan, muftalar, tirsak va aylanma gardishlar)
4,0%
30.
8419 500000
Mis issiqlik almashinuvchilari
6,0%
31.
8516 80
Trubkali elektr isitgich (misdan)
6,0%
* Qoplash 2023-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi”.
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Zarur hollarda, Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“9. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan:
mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxini London metall birjasi (keyingi oʻrinlarda — LMB) narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023-yilda — 4 foiz miqdorida chegirma bilan, 2024-yil 1-yanvardan esa LMB narxida (eksportga sotiladigan narxda) va unga soliq haqidagi qonunlar asosida hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoʻshgan holda;
misdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlangʻich narxlari LMB narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023-yilda — 4 foiz miqdorida chegirma bilan, 2024-yil 1-yanvardan esa LMB narxiga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan qoʻshimcha xarajatlarni va soliq haqidagi qonunlar asosida hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoʻshgan holda;
metall ruxning boshlangʻich narxi qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olgan holda, LMB narxlari darajasida, ruxdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlangʻich narxlari esa LMB narxlariga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan qoʻshimcha xarajatlarni qoʻshgan holda, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olgan holda aniqlanadi.”;
b) 15-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“2021-yil 1-apreldan boshlab mis xom ashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq tashkilotlari tomonidan bitim boʻyicha toʻlovning 25 foizi avans tarzida HKP (hisob-kliring palatasi)ga oʻtkaziladi. Toʻlovning qolgan 75 foizi mis xom ashyosi olingandan soʻng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda xaridor tomonidan sotuvchining bankdagi hisobvaraqiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkaziladi. Bunda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi xaridor va sotuvchi oʻrtasida kafillik, shu jumladan, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi kafilligi, kafolat, bank kafolati, sugʻurta polisi hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanadi.”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 195-f-son farmoyishining 2-bandiga quyidagi mazmundagi “v” kichik band qoʻshilsin:
“v) “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi muassisligida tashkil etilgan malakani baholash, mutaxassislarni (kadrlarni) tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan “ELTECH-MALAKA” masʼuliyati cheklangan jamiyat Uyushmaning Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvoza, 1-boshi berk koʻcha, 10-uy manzilidagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan kafilliklar berish tartibini tasdiqlash, zarur hollarda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish”;
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qaroriga 4-ilovada:
Toblangan mis sim, boshqa, plitalar, misdan qalinligi 0,15 mm dan ortiq plitalar, lenta yoki chiziqlar, misdan quvur va trubkalar, oʻralgan sim, troslar, izolyatsiyalanmagan misdan yasalgan simlar va shunga oʻxshash buyumlar, boshqa mis mahsulotlari, alyuminiy borlar va profillar, oʻralgan simlar, troslar, alyumindan yasalgan simlar va shunga oʻxshash buyumlar, seysmik kabellar
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi 77-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 28-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish”;
b) Nizomga ilovaning 3-bandiga quyidagi mazmundagi “e” kichik band qoʻshilsin:
“e) 2021-yil 1-martdan boshlab elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish.”.