1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat koʻrsatish sohasini yanada yaxshilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2017 — 2021-yillar davomida 2 095 ta yangi avtobus xarid qilinganligi, shuningdek, 430 ta avtobus yoʻnalishlari ochilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Qurilish vazirligi bilan birgalikda viloyatlar, shahar va tuman markazlaridagi avtobus bekatlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2021-2022-yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʻlaydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlari (keyingi oʻrinlarda — maqsadli parametrlar) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Belgilansinki, maqsadli parametrlarga Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
3. Maqsadli parametrlarning belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq hajmda amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari shaxsiy javobgar etib belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi har chorak yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda maqsadli parametrlarning amalga oshirilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmatini koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishida koʻriladigan zarar mikdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) boʻlgan yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi boʻlib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlar 2021-yilda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab — zarur mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutgan holda mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorak yakuni boʻyicha subsidiya ajratish yoʻli bilan qoplanadi;
(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tashuvchilarga norentabel yoʻnalishlar boʻyicha subsidiya ajratish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xuzurida tashkil etiladigan tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
5. Tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
6. Belgilansinki, hududiy komissiya har oyning 5 sanasiga qadar norentabel avtobus yoʻnalishlari boʻyicha hududiy transport boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tashuvchilarga ular tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishida 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) miqdorda koʻrilgan zararni subsidiya ajratish yoʻli bilan qoplab berish, agar koʻrilgan zarar miqdori 30 foizdan oshgan taqdirda subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
aholi soni, zichligi, bozorlar va ijtimoiy soha obyektlari joylashishi hamda yoʻlovchi tashish tarifidan kelib chiqqan holda shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlari reyestrini shakllantirib borsin;
hududiy transport boʻlinmalari tomonidan har oyning 25 sanasiga qadar norentabel avtobus yoʻnalishlari boʻyicha koʻrilgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy komissiyalarga kiritib borilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda:
uch oy muddatda 2022 — 2024-yillarda tashuvchilarning harakat tarkibini avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish orqali yangilash parametrlarini (keyingi oʻrinlarda-Yangilash parametrlari) ishlab chiqsin;
Yangilash parametrlari doirasida xarid qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar turlari (modellari) va soni boʻyicha tasdiqlangan reja-jadval asosida tashuvchilarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
9. Tijorat banklariga xududlardagi tashuvchilarga avtobus va mikroavtobuslar xaridini moliyalashtirish uchun maqbul shartlarda hamda Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 1,5 baravaridan oshmagan foizda kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
10. Belgilab qoʻyilsinki, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan:
tijorat banklarining Yangilash parametrlari doirasida avtobus va mikroavtobuslar xaridi uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq 8,0 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi;
Yangilash parametrlari doirasida xarid qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar (xarid turidan qatʼi nazar) boʻyicha tijorat banklari tomonidan tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizli punktdan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Transport vazirligining talabnomasiga muvofiq 2021-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining koʻshimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan mazkur qarorning 10-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablaglarni Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgarmasiga ajratilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilganligini inobatga olib, yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan hamda haydovchidan tashqari sakkiz va undan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish yoki ushbu soliqning oʻrnini qoplash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika boʻyicha barcha avtobus bekatlarini xatlovdan oʻtkazgan holda yangi quriladigan bekatlar dislokatsiyasini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda tadbirkorlik obyektlarini ochish uchun tadbirkorlik subyektlariga avtobus bekatlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali ajratish tartibi va avtobus bekatlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-oktabr,
630-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 630-son qaroriga 1-ILOVA
2021-2022-yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʻlaydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etishning
MAQSADLI PARAMETRLARI
T/r
Hududlar
Jami
shu jumladan, yillar boʻyicha
2021-yil
2022-yil
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
14
6
8
shahar
2
2
0
shahar atrofi
10
2
8
shaharlararo (viloyat ichida)
2
2
0
2.
Andijon viloyati
66
10
56
shahar
12
4
8
shahar atrofi
48
5
43
shaharlararo (viloyat ichida)
6
1
5
3.
Buxoro viloyati
16
6
10
shahar
4
2
2
shahar atrofi
7
3
4
shaharlararo (viloyat ichida)
5
1
4
4.
Jizzax viloyati
26
8
18
shahar
4
1
3
shahar atrofi
15
6
9
shaharlararo (viloyat ichida)
7
1
6
5.
Qashqadaryo viloyati
20
10
10
shahar
7
4
3
shahar atrofi
10
5
5
shaharlararo (viloyat ichida)
3
1
2
6.
Navoiy viloyati
21
11
10
shahar
5
2
3
shahar atrofi
11
6
5
shaharlararo (viloyat ichida)
5
3
2
7.
Namangan viloyati
20
10
10
shahar
5
3
2
shahar atrofi
10
5
5
shaharlararo (viloyat ichida)
5
2
3
8.
Samarqand viloyati
30
10
20
shahar
3
1
2
shahar atrofi
24
8
16
shaharlararo (viloyat ichida)
3
1
2
9.
Sirdaryo viloyati
16
6
10
shahar
3
1
2
shahar atrofi
7
3
4
shaharlararo (viloyat ichida)
6
2
4
10.
Surxondaryo viloyati
17
6
11
shahar
3
1
2
shahar atrofi
11
3
8
shaharlararo (viloyat ichida)
3
2
1
11.
Toshkent viloyati
20
11
9
shahar
5
3
2
shahar atrofi
7
3
4
shaharlararo (viloyat ichida)
8
5
3
12.
Fargona viloyati
18
8
10
shahar
4
2
2
shahar atrofi
12
4
8
shaharlararo (viloyat ichida)
2
2
0
13.
Xorazm viloyati
26
8
18
shahar
3
2
1
shahar atrofi
21
4
17
shaharlararo (viloyat ichida)
2
2
0
Jami:
310
110
200
shahar
60
28
32
shahar atrofi
193
57
136
shaharlararo (viloyat ichida)
57
25
32
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 630-son qaroriga 2-ILOVA
Tashuvchilar tomopidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarini qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarning
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — vazir, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — bosh boshqarma boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Transport vazirligi hududiy boshqarmasi boshligʻi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
tegishli hududiy bosh moliya boshqarmasi boshligʻi
5.
Lavozimi boʻyicha
—
tegishli hududiy moliyaviy nazorat — taftish boshqarmasi boshligʻi
6.
Lavozimi boʻyicha
—
tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Transport vazirligi hududiy boshqarmasi xodimi — komissiya kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshsa ishga oʻtganda, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegiʼili funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi