1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, ogʻir kasallikka chalingan va nogironligi boʻlgan bolalarni davolash, ularning taʼlim olishini, uy-joy bilan taʼminlanishini hamda kasb egallashlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini (keyingi oʻrinlarda — Bolalar jamoat fondi) tashkil etish va unga muassislik qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
2. Quyidagilar Bolalar jamoat fondining eng muhim vazifalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
ogʻir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;
bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi ogʻir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish;
ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan taʼminlash;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni taʼlim olishlarida koʻmaklashish, shu jumladan maxsus oʻquv adabiyotlar va oʻquv qurollari bilan taʼminlash;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish va ularni uy sharoitida oʻzini oʻzi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan taʼminlash;
ogʻir tashxisli kasalliklari boʻlgan bolalarni parvarish qilayotgan kam taʼminlangan oilalarni homiylikka olish;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga, shu jumladan ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion yordam koʻrsatishga doir tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
3. Quyidagilar:
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining yordamchi organi sifatida Ekspertlar guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 10 nafar boʻlgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlarini olish boʻyicha murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish sxemasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Bolalar jamoat fondi boshqaruvining yuqori organi uning muassislari umumiy yigʻilishi hisoblanib, ushbu yigʻilish har yili kamida bir marta oʻtkaziladi;
Bolalar jamoat fondining Vasiylik kengashi Bolalar jamoat fondi boshqaruvining umumiy yigʻilishlari oraligʻidagi rahbar organidir;
Bolalar jamoat fondi ijrochi direktori lavozimga Bolalar jamoat fondining Vasiylik kengashi tomonidan muassislar umumiy yigʻilishi taqdimnomasiga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Bolalar jamoat fondi ijro direksiyasining shtat birliklarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar uning shakllantirilgan mablagʻlari hisobidan qoplab boriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
5. Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Davlat budjeti hisobidan 2021-2022-yillarda mablagʻlarni amalda oʻzlashtirilishiga qarab 100 milliard soʻm miqdoridagi begʻaraz moliyaviy yordam;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablagʻlar;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Bolalar jamoat fondi Vasiylik kengashining (B. Musayev) asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Bolalar jamoat fondining asosiy vazifalarini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarning Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Bolalar jamoat fondiga homiylik qilingan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi;
Bolalar jamoat fondi soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
7. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvarga qadar davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Bolalar jamoat fondi tomonidan olib kelinadigan dori vositalari, tibbiyot uskunalari va protezlash vositalari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
8. Bolalar jamoat fondiga:
oʻz mablagʻlarini oluvchilar kesimida, shu jumladan ularning shaxsini ochiqlamagan holda yoshi, jinsi, ijtimoiy holati hamda moliyalashtirish manbai kesimida, shuningdek, Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish;
oʻz mablagʻlarining sarflanishiga doir masalalarni muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etish;
faoliyatining auditorlik tekshiruvi natijalari hisobotini keng jamoatchilikka, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va boshqa tashkilotlarga taqdim etib borish tavsiya etilsin.
9. Bolalar jamoat fondi Vasiylik kengashi (B. Musayev):
a) 2021-yil 20-oktabrga qadar Bolalar jamoat fondi ijro direksiyasini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish hamda Bolalar jamoat fondi ustavini tasdiqlash choralarini koʻrsin;
b) 2021-yil 15-noyabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda keng jamoatchilik fikrini va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin:
Bolalar jamoat fondining maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari;
Bolalar jamoat fondining davlat organlari va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;
Bolalar jamoat fondi faoliyatini moliyaviy taʼminlash va mablagʻlaridan foydalanish tartibi;
Bolalar jamoat fondiga homiylik qilgan shaxslarga imtiyoz va preferensiyalar berish hamda uning faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tartibi;
v) 2021-yil 1-dekabrga qadar Bolalar jamoat fondi hisobidan uning platformasi va yagona elektron bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin hamda Bolalar jamoat fondi faoliyati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarning platformada joylashtirib borilishini va ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etilishini taʼminlasin.
10. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar jamoat fondini tekin foydalanish huquqi asosida uning faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlarga ega boʻlgan maqbul binoga joylashtirsin.
11. Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-martga qadar axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-oktabr,
PQ-5255-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5255-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
R. Mamatov
—
mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri
4.
E. Muxitdinov
—
bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
B. Onorboyev
—
maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
U. Sharifxodjayev
—
xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
E. Basitxanova
—
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari
8.
J. Abruyev
—
moliya vaziri oʻrinbosari
9.
S. Ashurov
—
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
10.
K. Abdullayev
—
Oʻzbekiston nogironlar jamiyati raisi (kelishuv asosida)
11.
A. Inakov
—
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori
12.
T. Aliyeva
—
“ZAMIN” xalqaro jamoat fondi direktori
13.
U. Turabov
—
Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, Kengash kotibi
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5255-son qaroriga 2-ILOVA
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining Ekspertlar guruhi
tarkibi
1.
B. Karimov
—
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari
2.
Sh. Amonov
—
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor
3.
M. Lipartiya
—
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi
4.
A. Davletyarov
—
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Inson kapitalini rivojlantirish departamenti direktori
5.
R. Klivleyev
—
Moliya vazirligining Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati departamenti boʻlim boshligʻi
6.
L. Gaynutdinova
—
Xalq taʼlimi vazirligining Psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori
7.
N. Umarova
—
“Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatish monomarkazi direktori
8.
T. Aliyeva
—
“ZAMIN” xalqaro jamoat fondi direktori
9.
Kelishuv asosida
—
YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi eksperti
10.
Kelishuv asosida
—
BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasi eksperti
11.
Lavozimi boʻyicha
—
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijrochi direktorining oʻrinbosari, guruh masʼul kotibi
Izoh:
Ekspertlar guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vasiylik kengashiga Ekspertlar guruhi tarkibiga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ekspertlar guruhi tarkibiga kelishuvga koʻra 1 nafar jurnalist va 2 nafar bloger kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5255-son qaroriga 3-ILOVA
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasining
tuzilmasi
Xodimlarning cheklangan soni — 10 nafar.
Izoh: xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5255-son qaroriga 4-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlarini olish boʻyicha murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
Fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish jarayoni
1-bosqich
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasi
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan:
yozma (pochta, faks orqali yoki shaxsan) murojaatlar;
elektron shaklda kelib tushgan (Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi veb-sayti, Xalq qabulxonasi va boshqa elektron pochtalar orqali) murojaatlar;
ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki Call-markaz orqali) murojaatlar kunlik oʻrganib chiqiladi va tahlil qilinadi.
Kunlik
2-bosqich
Moliya vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi
Murojaatlar quyidagilar asosida koʻrib chiqiladi:
murojaatchining ehtiyoji va soʻrovi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi;
murojaatchining oilaviy ahvoli va imkoniyatlarini (shu jumladan, Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza dasturiy taʼminoti maʼlumotlari asosida, shuningdek, joylarga chiqqan holda) oʻrganish.
Kunlik
Vazirlik va idoralar
Oʻrganib chiqilgan murojaatlar homiylik yordamini koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha guruhlashtiriladi hamda tegishli vazirlik va idoralardan mazkur yoʻnalishlar boʻyicha yordam koʻrsatish maqsadga muvofiqligi yuzasidan maʼlumot olinadi*
Ikki hafta muddatda
Homiylik amalga oshirilishini ekspertizadan oʻtish jarayoni
3-bosqich
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fo?di ijro direksiyasi
Ekspertlar guruhiga kasallikka chalingan bolalar roʻyxati, zarur dori vositalari, boshqa vositalar va moddiy yordamlar yuzasidan chora-tadbirlar qiymati va moliyalashtirish summasi boʻyicha maʼlumotlar taqdim etib boriladi.
Oy yakuni bilan, keyingi oyning 5 sanasiga qadar
Ekspertlar guruhi
Ekspertlar guruhi:
davolash muolajalari va amaliyotlar oʻtkazilishi tibbiy koʻrsatmalarga (tashxislarga) muvofiqligi;
kasallikka nisbatan davolash muolajalari va amaliyotlar oʻtkazilishiga tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni davolash, shu jumladan chet elda davolash zarurligi;
maxsus dorivor preparatlar, protez-ortopedik buyumlar hamda maxsus oʻquv adabiyotlari va oʻquv qurollari zarurligi boʻyicha xulosalar beradi.
Har ikki haftada
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasi
Tovarlar, xizmatlar va dori vositalari oʻrnatilgan tartibda xarid qilinadi, moddiy yordamlar va boshqa chora-tadbirlar moliyalashtiriladi.
3 kun ichida
Nazorat va hisobdorlik tizimi
4-bosqich
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasi
Fonddan mablagʻ oluvchilar kesimida hamda moliyalashtirish manbasi kesimida maʼlumotlarni har oy yakuni bilan rasmiy veb-saytiga joylashtirib boradi.
Har oyining 25 sanasiga qadar
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasi
Mablagʻlarning sarflanishi masalalari keng jamoatchilikni jalb etgan holda ommaviy axborot vositalarida muhokama qilib boriladi.
Har oyda
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taftish komissiyasi
Auditorlik tekshiruvi natijalari hisoboti keng jamoatchilik, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va boshqa tashkilotlarga taqdim etiladi.
Har yilning mart oyiga qadar
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasining amalga oshirgan ishlari, chora-tadbirlari, mablagʻlarning maqsadli sarflanganligi hamda kelgusi yil uchun belgilangan muhim vazifalar toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.
Har yilning aprel oyiga qadar
* Izoh: shoshilinch tibbiy xizmat va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa homiylik yordamlari istisno tariqasida Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Vasiylik kengashi raisining roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5255/0934-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)