

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5643174" id="onLBC-5643174">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7609"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5643174" id="onLS-5643174">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3800"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5654029" id="-5654029"></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5654030" id="-5654030">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5654031" id="-5654031">“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-5654037" id="-5654037">Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan <br />Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5654038" id="-5654038"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654039" id="-5654039"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-427-sonli <a href="/mact/-3153668">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654041" id="-5654041">1)<a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153776"> 5-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654042" id="-5654042"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153779">birinchi qismidagi </a>“huquqni muhofaza qiluvchi organlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654043" id="-5654043"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=11.09.2019 00#-4513340">uchinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654045" id="-5654045">“Kengash raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654046" id="-5654046"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153787">beshinchi qismidagi </a>“huquqni muhofaza qiluvchi organlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654048" id="-5654048"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153792">oltinchi</a> va<a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153794"> yettinchi qismlari </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654049" id="-5654049">“Kengashning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan oʻn bir nafar aʼzosi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar aʼzosi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654050" id="-5654050">Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi oʻn bir nafar aʼzosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning shuʼbasi hamda Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654052" id="-5654052">2) 6-moddaning <a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153805">matni </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654053" id="-5654053">“Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654054" id="-5654054">sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654055" id="-5654055">sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654056" id="-5654056">sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654057" id="-5654057">sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini koʻrib chiqish va prinsipial baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654058" id="-5654058">Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654059" id="-5654059">sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654060" id="-5654060">rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni ragʻbatlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654061" id="-5654061">ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654062" id="-5654062">sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654063" id="-5654063">sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani koʻrib chiqish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654064" id="-5654064">3) 7-moddaning<a href="/mact/-3153668?ONDATE=11.09.2019 00#-4513360"> matni </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654065" id="-5654065">“Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654066" id="-5654066">sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654067" id="-5654067">rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654070" id="-5654070">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654072" id="-5654072">viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654073" id="-5654073">viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654074" id="-5654074">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654075" id="-5654075">Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654076" id="-5654076">Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654077" id="-5654077">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654079" id="-5654079">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, tumanlararo maʼmuriy sudlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654080" id="-5654080">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654084" id="-5654084">qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654085" id="-5654085">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga xulosalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654086" id="-5654086">sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654087" id="-5654087">sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654088" id="-5654088">sudyalarga va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654089" id="-5654089">sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654090" id="-5654090">oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654091" id="-5654091">sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654092" id="-5654092">sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha, shuningdek qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654093" id="-5654093">sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hayʼati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi, sudyalar malaka hayʼatlari raislarining hisobotlarini eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654094" id="-5654094">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hayʼatining qarorlari, xulosalari yuzasidan taqdimnomalarni koʻrib chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654095" id="-5654095">jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654096" id="-5654096">sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan oʻrganadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654097" id="-5654097">Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654098" id="-5654098">sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654099" id="-5654099">sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654100" id="-5654100">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654101" id="-5654101">sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654102" id="-5654102">davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bogʻliq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654103" id="-5654103">Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha nizomlarni tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654104" id="-5654104">Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654105" id="-5654105">4) 9-moddaning <a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153914">birinchi qismi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654106" id="-5654106"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153918">ikkinchi xatboshisi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654107" id="-5654107">“Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan masʼul boʻladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654109" id="-5654109">quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654110" id="-5654110">“sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini taʼminlashga va odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari boʻyicha axborot taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654111" id="-5654111">jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654114" id="-5654114"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153930">yettinchi — oʻn birinchi xatboshilari </a>tegishincha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654117" id="-5654117">5) 10-moddaning <a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153945">birinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654118" id="-5654118">“Kengash raisining oʻrinbosari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654120" id="-5654120">Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun javobgar boʻladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654122" id="-5654122">axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654124" id="-5654124">jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654127" id="-5654127">Kengash raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654129" id="-5654129">6) 12-modda birinchi qismining <a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153983">toʻrtinchi xatboshisi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654130" id="-5654130">“elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654131" id="-5654131">7) 13-moddaning<a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3153991"> birinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654132" id="-5654132">“Kengash aʼzosi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654134" id="-5654134">oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654135" id="-5654135">sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654136" id="-5654136">sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis oʻrganishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654139" id="-5654139">sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qoʻyishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar toʻgʻrisida Kengashga xabar berishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654140" id="-5654140">Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654141" id="-5654141">Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654142" id="-5654142">oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra oʻzini oʻzi rad etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654143" id="-5654143">Kengash tomonidan koʻrilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berishi shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654144" id="-5654144">8) 17-modda <a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3154074">ikkinchi qismining</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654145" id="-5654145"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3154076">ikkinchi xatboshisi </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654146" id="-5654146"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=11.09.2019 00#-4523899">uchinchi — sakkizinchi xatboshilari </a>tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654147" id="-5654147"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3154080">uchinchi xatboshisi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654148" id="-5654148">“sudyalik lavozimiga tayinlash, oʻtkazish haqida”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654149" id="-5654149"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3154086">oltinchi xatboshisi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654150" id="-5654150">“sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654151" id="-5654151">9)<a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3154098"> 18-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654152" id="-5654152"><a href="/mact/-3153668?ONDATE=11.09.2019 00#-4523902">birinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654153" id="-5654153">“Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654154" id="-5654154">quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654155" id="-5654155">“Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654156" id="-5654156">Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda koʻrib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisida yoki uni qoʻzgʻatish rad etilganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654158" id="-5654158">Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan eʼtiboran uch soatdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654159" id="-5654159">10)<a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-4523978"> 20-modda </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654161" id="-5654161">11) 24-moddaning<a href="/mact/-3153668?ONDATE=11.09.2019 00#-4524086"> matni </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654162" id="-5654162">“Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654163" id="-5654163">Sudyalikka nomzod boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654165" id="-5654165">Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron soʻrov dasturidan foydalanilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654166" id="-5654166">Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil oʻtgach, boʻsh sudyalik lavozimini toʻldirish uchun eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654167" id="-5654167">12) 24<sup>1</sup>-moddaning <a href="/mact/-3153668?ONDATE=11.09.2019 00#-4524145">toʻrtinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654170" id="-5654170">“Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais oʻrinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654172" id="-5654172">13) 31-moddaning <a href="/mact/-3153668?ONDATE=07.04.2017 00#-3154261">birinchi qismidagi </a>“Kengash raisi va kotibining” degan soʻzlar “Kengash raisi, uning oʻrinbosari va kotibining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654185" id="-5654185"><strong>2-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654189" id="-5654189">hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654192" id="-5654192">davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654195" id="-5654195">ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5654199" id="-5654199"><strong>3-modda.</strong> Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5654204" id="-5654204">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5654205" id="-5654205">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5654207" id="-5654207">2021-yil 20-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5654208" id="-5654208">OʻRQ-717-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5654032" id="-5654032">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
