1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 19-apreldagi 336-son qaroriga muvofiq xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti ustidan nazorat qilish samaradorligini oshirish, byurokratik, shu jumladan, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-sentabr,
580-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“3. Xavfli yuklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklarning tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi”;