1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
3.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya;
4.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari;
5.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
6.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-avgustdagi 394-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 455-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 45-modda) qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan TASDIQLANGAN
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
6.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati;
7.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-dekabrdagi 546-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 1994-y., 3-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotishda, shuningdek, ularni nelegal yoʻl bilan tayyorlashda aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
“g” va “s” kichik bandlar tegishlicha “d” — “t” kichik bandlar deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 9-noyabrdagi 427-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi)”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 101-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
8. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 i., 8-son, 24-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari soliq organlarining qarorlari asosida musodara qilinishi kerak”;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
9. Vazirlar Mahkamasining “1997-yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi yettinchi xatboshiquyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “xususiy tijorat banklarini daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilish qismida ularni istisno qilgan holda”.
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) qarori bilan tasdiqlangan Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalarning 1-boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish va litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 10-martdagi 126-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Malaka komissiyasi ishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida notariat faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan fuqarolar malaka imtihoni topshirishdan oldin eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydilar”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining 9-bandi yettinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“— eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.