Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida xalq xoʻjaligi tarmoqlarini boshqarishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik boʻlimi mashinasozlik, kimyo va metallurgiya boʻlimiga, yoqilgʻi sanoati, energetika, kimyo va metallurgiya boʻlimi yoqilgʻi sanoati va energetika boʻlimiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Davlat koinotni tadqiq etish agentligi Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmui tarkibiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi Yoqilgʻi sanoati va energetika majmui tarkibiga oʻtkazilsin.