1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali ijodiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, taʼlim muassasalarining oliy maʼlumotli ijodiy kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
1. 2018-yil 19-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy taʼlim boʻyicha taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi toʻgʻrisida”gi bitim tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Kinematografiya agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, va “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — BDKI) Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
kinokompaniyalar va kinostudiyalarning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Rossiya Federatsiyasi Oliy taʼlim federal davlat taʼlim standartlariga muvofiq oliy taʼlim sohasida yuqori malakali ijodiy kadrlarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
zamonaviy taʼlim dasturlari, oʻqitish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda fanning soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish, pedagogik salohiyatni rivojlantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
kino sanʼati boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
oʻquv jarayoniga masofaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish, elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyatlari bilan taʼlim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish.
4. Belgilansinki, Filial:
BDKI ustavi va BDKI tomonidan tasdiqlangan Filial toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat yuritadi;
BDKIning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmasi — oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
taʼlim faoliyatini 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni inobatga olgan holda oliy taʼlimning sifatiga qoʻyiladigan talablarga mos taʼlim dasturlari asosida Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim federal davlat taʼlim standartlariga muvofiq, barcha darajadagi mutaxassisliklar va yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
taʼlim jarayonini Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boradi, shu bilan birga unda oʻzbek tili va Oʻzbekiston tarixi oʻqitiladi;
taʼlim faoliyatini kunduzgi, sirtqi taʼlim shaklida hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda masofaviy tarzda olib boradi;
abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan belgilangan qoidalar va muddatlarga muvofiq amalga oshiradi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomini beradi;
faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, BDKI:
ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Filial professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
Filialning kutubxona fondini shakllantiradi va uni zamonaviy oʻquv-metodik hamda ilmiy-pedagogik adabiyotlar bilan toʻldirib boradi, shu jumladan BDKI axborot-resurs bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
6. Quyidagilar:
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Tashkiliy komissiyaga 2021-yil 20-sentabrgacha quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Filialni joylashtirish uchun bino va inshootlarni tartibga solish;
Filial talabalari va oʻqituvchilari uchun talabalar turar joyini tayyorlash;
Filialni joylashtirish va zarur inventarlar, mebellar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya jihozlari, kutubxona fondlari, kompyuter texnikasi va boshqalar bilan taʼminlash.
8. Belgilansinki:
Filialga qabul rejasi tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi, BDKI hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Filialning Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.07.00 Xizmat safari vaqtida kafolatlar va kompensatsiyalar]
Filialga BDKIdan jalb qilinadigan professor va oʻqituvchilarning xizmat safari va mehnatiga haq toʻlash xarajatlari oʻquv jarayonining ehtiyojlaridan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
professor-oʻqituvchilar va boshqa xodimlarning oylik maoshi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi;
Filialda oʻqitishning toʻlov-kontrakt miqdori BDKI tomonidan Kinematografiya agentligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Filialga oʻqituvchilik va ilmiy faoliyat olib borish uchun taklif etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat beriladi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
Filialga ajratilgan bino, inshootlar va hududlarni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan kommunal toʻlovlar Filial mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Filialga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 1 ta yengil avtotransport vositasini sotib olish va saqlash uchun limit ajratiladi.
9. Filial faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Filialga 2021/2022 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan talabalar umumiy sonining 50 foizidan, keyingi oʻquv yilidan boshlab 30 foizidan oshmagan holda davlat granti asosida talabalarni oʻqitish uchun Kinematografiya agentligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
ijodiy faoliyat subyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy shartnomalar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2021-yilda Filialning joriy saqlash bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Kinematografiya agentiligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
10. Filial “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKning Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 1A-uy manzilida joylashgan bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
11. Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda BDKI bilan hamkorlikda:
bir oy muddatda Filialning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Filialning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
oʻquv yili boshlanguniga qadar Filialni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin.
12. Vasiylik Kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
talabalarning turli shakldagi amaliyotini samarali tashkil etish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda mutaxassislar va ijodiy kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Filial faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun xayriya, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Filialning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy pavilyon va studiya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
talabalarni, eng avvalo, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash;
iqtidorli talabalarni oʻqitish uchun stipendiyalarni moliyalashtirish;
talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va talabalar turar joyida boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishini tashkil etish, shuningdek, ularning dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
istiqbolli talabalarni tanlov asosida BDKI va sohaga ixtisoslashgan xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim tashkilotlariga stajirovka oʻtashga yuborish uchun tanlab olishni hamda ularga xorijda tahsil olish uchun maxsus stipendiyalar ajratishni tashkil etish.
13. Filial talabalari va xodimlariga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Media markazidagi mavjud asbob-uskunalardan oʻquv, amaliy, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya ishlarida bepul foydalanishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
14. 2024-yil 1-yanvarga qadar Filialning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventarlar va moddiy-texnik resurslar bojxona bojidan ozod etilsin.
15. Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F. Abduxalikov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-avgust,
PQ-5238-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-avgustdagi PQ-5238-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, tashkiliy komissiya raisi
F.F. Abduxalikov
—
Kinematografiya agentligi bosh direktori, tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
B.I. Zakirov
—
qurilish vaziri
A.H. Toshkulov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
I.I. Norqulov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
F.U. Davrukov
—
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari
A.D. Xadjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
M.A. Madjidov
—
Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, tashkiliy komissiya kotibi
Izoh: Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-avgustdagi PQ-5238-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi
Kinematografiya agentligi bosh direktori, Vasiylik kengashi raisi
O.S. Yarilova
—
Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi hamraisi (kelishuvga muvofiq)
B.M. Ahmedov
—
madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari
K.X. Karimov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
U.U. Sharifxodjayev
—
xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari
E.M. Muxitdinov
—
bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
A.Oʻ. Akkulov
—
turizm va sport ishlari vazirining oʻrinbosari
Sh.U. Turdikulova
—
innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari
F.U. Davrukov
—
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari
B.X. Maxmadaliyev
—
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining oʻrinbosari
V.S. Malishev
—
“S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi rektori vazifasini bajaruvchi (kelishuvga muvofiq)
Lavozimi boʻyicha
—
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining direktori, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-avgustdagi PQ-5238-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari
ROʻYXATI
1. Dramaturgiya.
2. Prodyuserlik (turlari boʻyicha).
Izoh: asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari roʻyxatiga buyurtmachi tashkilotlar ehtiyojlarini hisobga olib, Kinematografiya agentligi hamda “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5238/0835-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)