Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 2-iyuldagi 01-236-son “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetiga nomzodlarni qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2496, 2013-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 415-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.