toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida davlat boshqaruvi sohasidagi tarkibiy oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, shuningdek, mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-835-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga oʻn kunlik muddatda:
xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashlarining reglamentlari va doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda bayon etilgan qoidalar asosida qayta koʻrib chiqish;
nizomlarga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari tarkibini qayta shakllantirish tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari:
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirsin;
doimiy komissiyalar vakolati va vazifalaridan kelib chiqib, ularning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida har chorakda kamida bir marotaba doimiy komissiya aʼzolari uchun amaliy seminarlar tashkil etishni yoʻlga qoʻysin;
Senat qoʻmitalari tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari hamda oʻrganishlarga joylardagi doimiy komissiyalar aʼzolarini faol jalb etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻz faoliyatini reglament asosida olib borishlari uchun amaliy yordam koʻrsatib borsin.
5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati harakat dasturining 10-bandini amalga oshirish haqida”gi 173-I-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamentiga, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etishga oid ayrim tavsiyalarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 305-I-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 154-II-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-28-III-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 30-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-203-III-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 25-maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-354-III-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 18-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-550-III-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari mazkur qarorning xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yetkazilishini taʼminlasin.
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
8. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 31-iyul,
SQ-360-IV-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-835-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-835-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)