1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QOʻNGʻIROT SODA ZAVODI UCHUN KADRLARNI MAQSADLI TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Qoʻngʻirot soda zavodini oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, ushbu korxonada ishlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimini tashkil etish, boʻlimning oʻquv-laboratoriya bazasini Qoʻngʻirot soda zavodi hududida joylashgan muhandislik korpusi binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
2. Quyidagilar tashkil etilayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Qoʻngʻirot soda zavodining joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni maqsadli tayyorlash;
institutning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ilgʻor texnologiyalarni ishlatish va ularga xizmat koʻrsatish masalalarini bevosita ishlab chiqarishda oʻrganish imkonini beradigan oʻquv jarayonini tashkil etish;
texnologiya jarayoni samaradorligini oshirishda institutning ilmiy-pedagogik salohiyatidan va zavodning yetakchi amaliyotchi-mutaxassislaridan foydalanish imkonini beradigan oliy taʼlim fanining ishlab chiqarish bilan mustahkam integratsiyasini rivojlantirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
3. 2005/2006 oʻquv yiliga taʼlimning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha uch yillik oʻqish muddatida bakalavrlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha maxsus sirtqi boʻlimga qabul qilish kvotasi 65 kishidan iborat qilib belgilansin;
5522400 — “Kimyoviy texnologiya” — 20 kishi;
5520700 — “Texnologiya mashinalari va asbob-uskunalari” — 15 kishi;
5521300 — “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” — 15 kishi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
4. Belgilansinki:
Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi boʻlimining birinchi bosqichiga qabul qilish, istisno tariqasida, kirish test sinovlarisiz asosan turdosh oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan shaxslar orasidan “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Qoʻngʻirot soda zavodining yoʻllanmalari asosida davlat granti boʻyicha amalga oshiriladi;
ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari kontingenti Toshkent kimyo-texnologiya institutida va respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan, Qoʻngʻirot soda zavodida kontrakt boʻyicha ishlash xohishini bildirgan tegishli va turdosh taʼlim yoʻnalishlari talabalarini oʻtkazish yoʻli bilan shakllantiriladi. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalarni oʻtkazishda oʻqitishning pulli shakli saqlanib qoladi;
oʻqishga qabul qilishda Qoʻngʻirot soda zavodi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va talabalar oʻrtasida oʻqish tamom boʻlgandan keyin bitiruvchilarning zavodda kamida besh yil majburiy ishlashini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar tuziladi.
5. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi uch oy muddatda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimini joylashtirish uchun Qoʻngʻirot soda zavodining qoldiq qiymati 380 mln. soʻm boʻlgan muhandislik korpusi qurilishini tugallasin va oʻquv jarayonini tashkil etishga zarur shart-sharoitlar yaratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishning har yilgi koʻrsatkichlarini shakllantirishda Qoʻngʻirot soda zavodining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun kvotani nazarda tutsinlar.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi;
6.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
soda zavodining ehtiyojiga muvofiq Qoʻngʻirot sanoat kollejida texnik kadrlar tayyorlanishini taʼminlasin;
2005/2006 oʻquv yili boshlangunga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan buyurtmanomasi boʻyicha maxsus sirtqi boʻlimning oʻquv-laboratoriya xonalarini Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantarish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga oʻqitishning texnik va axborot vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari, koʻrgazmali qoʻllanmalar va boshqa zarur mulk bilan jihozlasin;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha maxsus sirtqi boʻlim oʻquv rejalari va dasturlarini respublika taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda sifatli taʼlim jarayonini tashkil etishda, talab etiladigan ilmiy-pedagog kadrlar va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimiga doimiy ravishda ilmiy-metodik va amaliy yordam koʻrsatsin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimida va Qoʻngʻirot sanoat kollejida oʻquv jarayoni tashkil etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom);
5.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);
6.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
7.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari negizida oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini ilgari tamomlagan va ishlamayotgan shaxslar orasidan 564 nafar hamda “Oʻrganchtransgaz” oʻquv markazi negizida 26 nafar malakali ishchini ikki oyda jadal tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sarf-xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar va moliyalashtirishning amaldagi normativlari asosida 2005-yilda respublika oliy taʼlim muassasalarining xarajatlari smetasiga kadrlar tayyorlashga budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 13-aprel,
PQ-49-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 111-modda; 2006-y., 40-son, 395-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)