Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasining yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlarining maqbul tuzilmasini taʼminlash va mintaqaning suv taʼminoti cheklangan sharoitlarda qishloq xoʻjaligini oqilona ixtisoslashtirish, qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining:
2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni takomillashtirish boʻyicha taklifi 1-ilovaga
* muvofiq;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish, makkajoʻxori, joʻxori, ozuqa ekinlari, moyli ekinlar va boshqa ekinlar urugʻi yetishtirish boʻyicha urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etishga doir taklifi 2-ilovaga
* muvofiq;
chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish boʻyicha taklifi 3-ilovaga
* muvofiq qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzgidromet” markazi har yili, Tuyamoʻyin suv omboridagi mavjud suv resurslarini hisobga olgan holda, sholi ekin maydonlariga tuzatish kiritish haqida 1-aprelgacha, kuzgi boshoqli don ekinlari maydonlariga tuzatish kiritish haqida 1-sentabrgacha taklif kiritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Amudaryo” havza-suv xoʻjaligi birlashmasi bilan birgalikda har yili quyi Taxiatosh gidrouzelining sanitariya suv oʻtkazishini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun belgilangan talab etiladigan suv hajmi taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
2. 2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir birinchi navbatdagi tadbirlar roʻyxati 4-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 5 va 5a-ilovalarga
* muvofiq past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Respublika komissiyasiga 2004—2007-yillarda fermer xoʻjaliklariga aylantiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatini har yili 1-dekabrgacha kiritsin.
Past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son
qarorida bayon qilingan qoidalar va talablarga qatʼiy amal qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Markaziy banki, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzneftmahsulot” kompaniyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish uchun 6-ilovaga
* muvofiq ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari barpo etilishi va tashkil qilinishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yangidan tashkil etilayotgan mini-banklarni aloqaning tegishli turlari va liniyalari bilan taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, tijorat banklariga, “Oʻztadbirkorbank”ka hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga boshlangʻich sarmoyani shakllantirishga kredit mablagʻlari ajratish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va tasdiqlashda koʻrsatib oʻtilgan kreditlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga ustuvor tartibda ajratilishini nazarda tutish tavsiya qilinsin.
6. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyalari va “Oʻzagromashservis” uyushmasi 2003—2007-yillar davrida 7-ilovaga
* muvofiq traktorlar, qishloq xoʻjaligi va ozuqa yigʻishtirish texnikasi ishlab chiqarilishi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2003—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini zamonaviylashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S.Yusupov zimmasiga yuklansin.