Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Maktabgacha yoshdagi imkoniyatlari cheklangan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordamni chuqurlashtirish va kengaytirish, shuningdek, jalb qilingan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” MChJ ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi 839-son qarorining 10-bandi
birinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-iyulgacha” soʻzlari “2022-yil 1-sentabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.