Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Tijorat banklarining Xususiy tadbirkorlikka, mikrofirmalarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga, boshqa kichik biznes subyektlariga kredit berish boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek kichik biznesni toʻliq koʻlamda rivojlantirish Yaponiya — Oʻzbekiston dasturi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasidan oʻz vaqtida va samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kichik biznesni toʻliq koʻlamda rivojlantirish Yaponiya — Oʻzbekiston dasturini amalga oshirish uchun ikki bosqichda 20 mln AQSh dollaridan — jami 40 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi berishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
kreditlar bitta qarz oluvchiga 100 ming AQSh dollarigacha miqdorda yoki shunga teng miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi;
mikrokreditlar 10 ming AQSh dollarigacha miqdorda yoki shunga teng miqdorda milliy valyutada beriladi. Bunda naqd pul shaklida berilgan kreditlar naqd pul shaklida qaytariladi;
koʻrsatib oʻtilgan Dastur doirasida kreditlar olish yuzasidan buyurtmanomalarni tanlab olishda mahalliy xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mikro va kichik ishlab chiqarishlarni, xizmatlar koʻrsatish sohalarini rivojlantirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, shuningdek respublika aholisining ish bilan band boʻlmagan qismi uchun kasanachilik mehnati tashkil etish kredit berishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur kredit liniyasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tanlab olingan subqarz boʻyicha tijorat banklarining kredit bitimlari yuzasidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.