Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
“Maktabgacha taʼlim muassasalarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 7-martdagi 7, K-6, 14, 58-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2986, 2018-yil 17-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2986/0931-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.