

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5540437" id="onLBC-5540437">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7312"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5540437" id="onLS-5540437">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5550574" id="-5550574">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5550577" id="-5550577">Qarori</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6945757" id="edi-6945757"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=19.07.2022 00#-6118567">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6945757" id="-6945757"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6945759" id="-6945759">Oliy va professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6945761" id="-6945761"><em>(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli </em><a href="/mact/-6940854?ONDATE=27.05.2024 00#-6942470">Farmoni</a><em> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son)</em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5550584" id="-5550584"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6945763" id="edi-6945763"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=19.07.2022 00#-6118589">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6945763" id="-6945763"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945764" id="-6945764">Oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi yoshlarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini yanada ragʻbatlantirish va yoshlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6945765" id="-6945765"><em>(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli </em><a href="/mact/-6940854?ONDATE=27.05.2024 00#-6942470">Farmoni</a><em> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son)</em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5550589" id="-5550589"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6945768" id="edi-6945768"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=19.07.2022 00#-6118628">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6945768" id="-6945768"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6945769" id="onLBC-6945769">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945769" id="-6945769">1. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy va professional taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6945773" id="-6945773"><em>(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli </em><a href="/mact/-6940854?ONDATE=27.05.2024 00#-6942471">Farmoni</a><em> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550593" id="-5550593">Belgilansinki:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550594" id="onLBC-5550594">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6648"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;</span></div><div id="LBC6674"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550594" id="-5550594">tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550598" id="-5550598">taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6118657" id="edi-6118657"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=30.07.2021 00#-5550602">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6118657" id="-6118657"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6118660" id="onLBC-6118660">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6682"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6118660" id="-6118660">taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6118664" id="-6118664">(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son <a href="/mact/-6116203?ONDATE=19.07.2022 00#-6117507">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8023490" id="edi-8023490"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=12.05.2025 00#-7531062">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8023490" id="-8023490"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-8023491" id="onLBC-8023491">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22298"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;</span></div><div id="LBC6230"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8023491" id="-8023491">Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8023493" id="-8023493">(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli <a href="/mact/-7952180?ONDATE=27.12.2025 00#-7957476">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6945787" id="edi-6945787"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=30.07.2021 00#-6945786">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6945787" id="-6945787"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945791" id="-6945791">1<sup>1</sup>. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra taʼlim krediti 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6945792" id="onLBC-6945792">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22710"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945792" id="-6945792">a) oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945794" id="-6945794">b) oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945797" id="-6945797">“3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin ajratiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8023495" id="edi-8023495"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=12.05.2025 00#-7531077">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8023495" id="-8023495"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-8023496" id="onLBC-8023496">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6676"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8023496" id="-8023496">“3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda va (yoki) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning taʼlim olayotgan aʼzolari uchun taʼlim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8023497" id="-8023497">(1<sup>1</sup>-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli <a href="/mact/-7952180?ONDATE=27.12.2025 00#-7957478">Farmoni</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945803" id="-6945803">Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945804" id="-6945804">a) joriy oʻquv yili uchun taʼlim kreditini olmoqchi boʻlgan talabaning fanlarni oʻzlashtirishining oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) avvalgi oʻquv yili yakuni boʻyicha “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6945806" id="onLBC-6945806">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7296"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945806" id="-6945806">b) talabaning fanlarni oʻzlashtirishining oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) va tegishli maʼlumotlari “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida, toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari esa “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6945808" id="onLBC-6945808">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21102"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;</span></div><div id="LBC21103"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6945808" id="-6945808">v) nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari ularning oʻz axborot tizimlarini “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimiga integratsiya qilish yoki mazkur axborot tizimidan foydalanish orqali shakllantiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6945815" id="-6945815"><em>(1<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli </em><a href="/mact/-6940854?ONDATE=27.05.2024 00#-6942474">Farmoniga </a><em>asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son)</em></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550607" id="onLBC-5550607">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9330"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550607" id="-5550607">2. Taʼlim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550610" id="-5550610">Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550612" id="-5550612">Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550614" id="onLBC-5550614">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6544"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550614" id="-5550614">Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550616" id="-5550616">Jamgʻarma tomonidan avval ajratilgan resurslarning qaytishidan tushadigan mablagʻlar va ulardan olinadigan foiz toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550617" id="-5550617">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foizli tushumlar;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550618" id="onLBC-5550618">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8793"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;</span></div><div id="LBC6746"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550618" id="-5550618">Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik, grant mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550620" id="-5550620">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550622" id="-5550622">Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda Moliya vazirligida alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi shaklida tashkil etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550624" id="-5550624">Jamgʻarma faoliyati Moliya vazirligi markaziy apparatiga ajratiladigan 3 ta shtat birligidan iborat boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550626" id="onLBC-5550626">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6674"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550626" id="-5550626">Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga tijorat banklarining soʻrovlariga asosan ularga Markaziy bankning asosiy stavkasida taʼlim krediti ajratish uchun mazkur stavkadan 4 foiz bandga past boʻlgan stavkada resurslar ajratiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550629" id="-5550629">Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablagʻlari va taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8149200" id="edi-8149200"><a href="/mact/-5540437?ONDATE=30.07.2021 00#-8149198">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8149200" id="-8149200"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8149202" id="-8149202">Jamgʻarma mablagʻlari taʼlim kreditlarini moliyalashtirish bilan bir qatorda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, konsalting xizmatlari, audit, axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish (dasturlash) hamda boshqa tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun ham yoʻnaltirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8149203" id="-8149203">Bunda mazkur xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8149204" id="-8149204">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli <a href="/mact/-8129755?ONDATE=13.04.2026 00#-8134648">Farmoniga </a>asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550630" id="onLBC-5550630">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550630" id="-5550630">4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550632" id="-5550632">taʼlim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550635" id="onLBC-5550635">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;</span></div><div id="LBC21102"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;</span></div><div id="LBC21103"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550635" id="-5550635">respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550640" id="-5550640">Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5550643" id="onLBC-5550643">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6690"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550643" id="-5550643">5. Moliya vazirligi Jamgʻarmaga 2021-yilda mablagʻlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550645" id="-5550645">6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5550648" id="-5550648">7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5550650" id="-5550650">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5550653" id="-5550653">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5550655" id="-5550655">2021-yil 30-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5550660" id="-5550660">PQ-5203-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6945762" id="-6945762">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2021-y., 07/21/5203/0730-son; 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; <em>27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son; </em>12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
