1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Nidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) bilan Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirilishi rejalashtirilganligi;
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Odaş Enerji SA” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 4-martda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]
Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilishi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, jami 105 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
g) 2021-yil 4-martda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 20-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq:
(1-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 1,3 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzenergosotish” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
(1-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
“Oʻzenergosotish” AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi;
(1-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
“Oʻzenergosotish” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.
3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzenergosotish” AJga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ushbu bitimlarning amal qilish muddati davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narxlarini chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruxsat berilsin.
5. “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzenergosotish” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Bunda, “Oʻztransgaz” AJning aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berilmasligi natijasida “Oʻzenergosotish” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini toʻlab berish majburiyati yuzasidan, agarda shartnomada boshqa shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, tabiiy gaz yetkazib beruvchilar “Oʻzenergosotish” AJ oldida qonunchilik hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
6. Suv xoʻjaligi vazirligi Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga texnik suv yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.08.00 Soliqlar va bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi]
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar amalga oshirilgan holda, xorijiy kreditorlarning loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan riskni boshqarish talablariga muvofiq kredit mablagʻlari sarfini nazorat qilish, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochishga hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga Investitsiya loyihasi doirasida olingan kreditlarni qaytarish maqsadida pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
8. Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur bandga asosan ajratilgan yer uchastkasini Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
9. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
11. Loyiha kompaniyasining talabnomalariga (buyurtmanomalariga) asosan:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
Tashqi ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin;
Ichki ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish hamda Loyiha kompaniyasiga talab etiladigan hajmlar va parametrlarda tabiiy gaz yetkazib berish uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib, ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-iyul,
PQ-5195-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 07/21/5195/0720-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)