1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Surxondaryo viloyatida quvvati 1500-1600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va “Stone City Energy” kompaniyasi (Niderlandiya) (keyingi oʻrinlarda — Investor) oʻrtasida 2020-yil 26-sentabrda 1,2 mlrd AQSH dollariga teng boʻlgan Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirish boʻyicha kelishuvning asosiy shartlari aks ettirilgan hujjat imzolanganligi;
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “SCE Quvvat” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 22-aprelda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilishi;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, jami 1,2 mlrd AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 22-aprelda Investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda ushbu bitimga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 30 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi]
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida Investitsiya loyihasi doirasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Surxondaryo viloyati hokimligiga Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
5. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narxlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruxsat berilsin.
6. “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.01 Neustoyka;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.03.00 Tovarlar, ishlar yoki xizmatlar yetishmovchiligi natijasida yetkazilgan zararni undirish]
Bunda, “Oʻztransgaz” AJning aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berilmasligi natijasida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini toʻlab berish majburiyati yuzasidan, agarda shartnomada boshqa shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, tabiiy gaz yetkazib beruvchilar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oldida qonunchilik hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Moliya vazirligi “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda yangi elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash maqsadida loyiha maydonigacha yangi gaz quvurini 2023-yilning uchinchi chorak yakuniga qadar qurish uchun moliyalashtirish manbaini aniqlasin.
“Oʻztransgaz” AJ ushbu gaz quvuri qurilishini belgilangan muddatlarda yakunlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
7. Suv xoʻjaligi vazirligi Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisida shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar berilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar amalga oshirilgan holda, xorijiy kreditorlarning loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan riskni boshqarish talablariga muvofiq kredit mablagʻlari sarfini nazorat qilish, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga Investitsiya loyihasi doirasida olingan kreditlarni qaytarish maqsadida pul mablagʻlarini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilarga, yetkazib beruvchilarga yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri chet eldagi bank hisobvaraqlaridan amalga oshirish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.02 Yer uchastkasiga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqining oʻtishi]
9. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur bandga asosan ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
10. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
11. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
12. Loyiha kompaniyasining talabnomalariga (buyurtmanomalariga) asosan:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Tashqi ishlar vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari belgilangan tartibda, rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
Ichki ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-apreldagi “Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasining qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4286-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish hamda Loyiha kompaniyasiga talab etiladigan hajmlar va parametrlarda tabiiy gaz yetkazib berish uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib, ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-iyul
PQ-5193-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 07/21/5193/0719-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)