toggle_night_mode
Hujjat 28.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
buyrugʻi
“Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2725-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor F. UMAROV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 22-oktabrdagi 33-son “Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2725, 2015-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 568-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyundagi 3-son “Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2725-1, 2017-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 558-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2017-yil 14-noyabrdagi 8-son “Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2725-2, 2017-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 50-son, 1232-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/2725-3/0715-son)