1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini taʼminlash uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
5. Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin, uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
respublika budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari mablagʻlari;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bir oy muddatda Jamgʻarmaga Agentlik xarajatlarini qoplash uchun 30 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik tomonidan moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish hamda Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga sarflanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
8. Agentlikka:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi ilmiy, tadqiqot va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini hamda ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablagʻlarni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali toʻlash;
xorijiy davlatlarning tegishli idoralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy yuridik shaxslar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzish;
oʻz vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish huquqi berilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida Agentlik tadqiqotlari natijalarini eʼlon qilish va muhokama qilishni tashkil etishga koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi;
Davlat budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Agentlik daromadlari soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi;
Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Agentlikning soʻroviga koʻra tegishli maʼlumotlarni, shu jumladan birlamchi statistik maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Agentlik xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan, shu jumladan koʻp yillik mehnati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustamalar va qoʻshimcha haqlar saqlanib qoladi, harbiy va maxsus unvonlarga ega boʻlmagan oliy yuridik maʼlumotli xodimlar uchun esa oʻrnatilgan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari berilishi mumkin;
Agentlik direktori Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlariga shaxsiy ustamalar, bir martalik mukofotlarni belgilash huquqiga ega.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikni joylashtirish choralarini koʻrsin.
14. Moliya vazirligi:
Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan binolarni taʼmirlash, mebel va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash uchun oʻrnatilgan tartibda mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
2021-yil iyuldan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
15. Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Agentlik Kengashiga Agentlik va Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega boʻlgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi, Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlasin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 06/21/6264/0690-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)