Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, doimiy va vaqtinchalik komissiyalarining majlislari va yigʻilishlarini oʻtkazish hamda ularda vazirliklar, idoralar va hududlar rahbarlarining qatnashuvi amaliyotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-fevraldagi 47-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
“5. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida oʻtkaziladi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan oʻtkaziladi”;
“1. Vazirlar Mahkamasining komplekslari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, qoidaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda komplekslarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan chaqiriladi.
Kundalik masalalarni hal etish joriy ish tartibida yoki ularni komplekslarning davrlar yakunlari boʻyicha majlislariga qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining rahbarlarini Vazirlar Mahkamasida oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarga taklif etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, mazkur Ish tartibining VI bobida va ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno”;
ushbu bobning keyingi xatboshilari
2-band deb hisoblansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mintaqaviy darajada oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlar sonini qisqartirish, ushbu tadbirlarning sifati va natijadorligini ijro intizomini takomillashtirish va qabul qilingan qarorlarni nazorat qilish hisobiga oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsinlar.