Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 30-oktabrdagi 9-2015-son “Oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2734, 2015-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 604-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markaziga” degan soʻzlar “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.