Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Loyihalash sifatini oshirish, investitsiya faoliyatida idoraviy yondashishni bartaraf etish, bu muhim ishda davlat idoradan tashqari ekspertizadan oʻtkazish organlarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat qurilish boshqarmasi, viloyatlar hokimliklari (Toshkent shahridan tashqari) huzuridagi xoʻjalik hisobidagi davlat idoradan tashqari ekspertiza organlari Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining bevosita tasarrufiga berilsin va bundan buyon bu organlar Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining xoʻjalik hisobidagi davlat idoradan tashqari ekspertiza organlari deb atalsin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi 2 oy muddatda faoliyatning ushbu turiga ilgari berilgan litsenziyalarni qayta koʻrib chiqsin.
Qiymati 2 mln. soʻmgacha boʻlgan (1991-yildagi bazaviy narxlarda) obyektlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) loyihalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridagi davlat idoradan tashqari ekspertiza organlari, shuningdek Toshkent shahar idoradan tashqari ekspertiza boshqarmasi tomonidan, qiymati 2 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan, shu jumladan, qiymatidan qatʼi nazar, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi;
Idoraviy ekspertiza organlari tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan obyektlar qurilishi qiymati Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan beriladigan litsenziya bilan belgilanadi.
3. Mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar ijobiy ekspert xulosasiga ega boʻlmagan loyihalar boʻyicha obyektlar qurilishini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻl qoʻymasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi ekspert organlariga, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, uslubiy rahbarlikni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 10-sentabrdagi 373-son qarori bandining toʻrtinchi xat boshi va 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.