Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav sarmoyasini 4 mlrd. soʻmgacha va 400 mln. AQSh dollarigacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, ustav sarmoyasi miqdorining koʻrsatib oʻtilgan koʻpaytirilishi 1996 moliya yili tugagach Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining foydasini, shuningdek 1997-1998-yillar foydasini ushbu maqsad uchun yoʻnaltirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
Ustavni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.