Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2138, 2010-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 308-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 3-noyabrdagi 21-2017, 120-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2138-1, 2017-yil 17-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.