toggle_night_mode
Hujjat 12.06.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, ipak va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyul,
PF-6259-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmonida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzolari — klaster ishtirokchilariga kavrak plantatsiyalarini tashkil qilish va uni qayta ishlash, mayda shoxli nasldor mol xarid qilish va koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020 — 2023-yillarda ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga, loyihalar hajmi, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan valyuta turidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan oʻrnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiyalar beriladi”;
b) 3-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “2 — 2.13-ilovalarga” soʻzlari “2-2.1, 2.3. — 2.6, 2.8, 2.9 va 2.13-ilovalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “(keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)ning asosiy vazifasi etib belgilansin:”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini taʼminlashga va ularning daromadini oshirishga koʻmaklashish;
xorijiy investitsiyalar, jumladan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish yoʻli bilan sohani rivojlantirish”;
d) 6-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlarida belgilangan barcha yaylovlar Qoʻmitaning doimiy egaligiga oʻtkaziladi”;
e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2-ILOVA
2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

17416

17416

17416

17416

17416

2.

Qorakoʻl naslli qoʻylar

ming bosh

6261

6871

7872

8630

9494

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

15026

16491

18892

20711

22784

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

6011

6597

7558

8286

9115

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

299,1

329,2

377,3

412,6

454,8

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

3137

3406

3852

4193

4585

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

607,1

666,4

764,6

837,2

921,6

8.

Qorakoʻldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

242

266,2

304,2

334,5

366,6

9.

Qorakoʻl mahsulotlarini eksport qilish

mln doll.

14,9

24,9

29,8

34,6

44,4

10.

Investitsiyalar hajmi

mln doll.

14,9

14,9

14,9

14,9

14,9

11.

Ish joylari

Doimiy

shtat birligi

36084

39692

45645

50211

55514

Mavsumiy

48386

53222

61206

67328

74438

Jami

84469

92916

106852

117538

129952

”;

j) 2.2, 2.7 va 2.10 — 2.12-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
nomlanishidagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2, 7 va 10 — 12-pozitsiyalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-banddagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash;
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga koʻmaklashish, shuningdek, tabiiy holda oʻsuvchi kavrak oʻsimliklaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop oʻsimliklar yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
8-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3603-son qarorida:
1-bandning birinchi xatboshisidagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning “v” kichik bandidagi “Oʻzcharmsanoat” va “Qorakoʻlchilik” uyushmalari” soʻzlari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Qorakoʻlchilik” soʻzi “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “Qorakoʻlchilik” soʻzi “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorida:
2-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilaridagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4817-son qarorida:
a) nomlanishidagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
g) 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Respublika “Qorakoʻlchilik” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)