1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq:
muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash amaliyoti sertifikat berish tizimiga oʻtkazilganligi;
fuqarolarga oʻz tanloviga koʻra davlat tomonidan beriladigan mablagʻlar (sertifikat) hisobidan istalgan ishlab chiqaruvchidan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotib olish imkoniyati yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar keyingi yil uchun muhtoj shaxslar (nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalar hamda nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslar)ning roʻyxatini shakllantirish orqali ularni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
muhtoj shaxslarga sertifikat rasmiylashtirish uchun Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi va Tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosalarini berish tartibi;
muhtoj shaxslarga tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotib olish imkoniyatini taqdim etuvchi sertifikat berish hamda u asosida muhtoj shaxslarni tegishli moslamalar va texnik vositalar bilan taʼminlash tartibi;
muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini yetkazib berish, ularni taʼmirlash yoki almashtirish tartibi;
muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlanishi hisobini yuritish hamda xarajatlarni moliyalashtirish tartibi.
protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining oʻrtacha narxlari keyingi yil uchun har yili 5-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan shakllantiriladi hamda 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
inflyatsiya darajasi va bozor konyunkturasi oʻzgarishlarini hisobga olib, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlari zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqariladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi hamda boshqa masʼul vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash amaliyotini ushbu qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan Nizomga muvofiq sertifikat berish tizimiga oʻtkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilasin va ijrosini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror talablari muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan amaldagi shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-iyul,
411-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qaroriga
ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nogironligi boʻlgan shaxslarni, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarni hamda nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — muhtoj shaxslar) protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash davlat tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobidan istalgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlardan (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotib olish imkoniyatini taqdim etuvchi sertifikat orqali amalga oshiriladi.
3. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Muhtoj shaxslarga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxatiga muvofiq muhtoj shaxslarning tibbiy xulosasi va murojaatiga asosan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) orqali sertifikat beriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Har ikki yilda bir marta mazkur roʻyxatda keltirilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari hamda ulardan foydalanish muddatlari yangilab boriladi.
5. Agar nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan hamda belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi kerak boʻlgan reabilitatsiya qilishning texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar oʻz hisobidan qoplangan boʻlsa, unga vositaning yoki xizmatning qiymati miqdorida Vazirlar Mahkamasining “Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 17-iyundagi 166-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlanadi.
6. Mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlangan, kasb kasalliklariga chalingan yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarardan jabrlangan xodimlar — muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun qilingan xarajatlar javobgar boʻlgan ish beruvchi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda toʻlanadi.
2-bob. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlik toʻgʻrisida tibbiy xulosa berish
7. Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — TIEK) yoki Tibbiy-maslahat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — TMK) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosasi asosida beriladi. Bunda tibbiy xulosalar muhtoj shaxslarning doimiy yashash joyi boʻyicha:
a) pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga TMK tomonidan;
b) 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarga — Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — PTIEK) tomonidan;
v) 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarga — TIEK tomonidan beriladi.
8. Pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga uning yoki qonuniy vakilining arizasiga hamda davolovchi vrachning tibbiy hujjatlariga (ambulatoriya kartasi, zarur boʻlganda, kasallik tarixidan koʻchirma) asosan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
18 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaga qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida, 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironligi boʻlgan shaxsning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
TIEK va PTIEK tomonidan shaxsni nogironligi boʻlgan shaxs yoki 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bola deb topish boʻyicha xulosa berish jarayonida ular muhtoj shaxs deb topilganda bir yoʻla protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga tibbiy xulosa rasmiylashtirib beriladi.
Pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar muddati har bir kasallik holatida kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensator mexanizmlarining holatiga qarab belgilanadi, nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar esa — nogironlikning muddatidan kelib chiqib qayta nogironlikka oʻtish muddatigacha beriladi.
9. TIEK, PTIEK va TMK tomonidan tibbiy xulosalarni rasmiylashtirishda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga koʻrsatmalarga asoslanilishi lozim. Rasmiylashtirilgan tibbiy xulosalar haqidagi maʼlumotlar tegishli TIEK, PTIEK va TMK tomonidan yuritiladi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga koʻrsatmalar roʻyxati mazkur Nizomga 4 va 5 ilovalarga muvofiq hamda rasmiylashtirilgan tibbiy xulosalarni qayd etish jurnali mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.
10. Tibbiy xulosalarning asoslanganligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun uni rasmiylashtirgan va imzolagan shaxslar javobgar hisoblanadi.
11. Markazlar tomonidan har keyingi yil uchun har yili 15-dekabrga qadar TIEK, PTIEK va TMKlar bilan birgalikda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — muhtoj shaxslar roʻyxati) shakllantiriladi va muntazam ravishda yangilab boriladi. Muhtoj shaxslar roʻyxati mazkur Nizomga 7 va 8-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq yuritiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Muhtoj shaxslar roʻyxatini shakllantirishda mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalaridan foydalanish muddati hamda TIEK, PTIEK yoki TMK tomonidan birinchi marta tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan muhtoj shaxslar inobatga olinishi lozim.
12. Markazlar tegishli TIEK, PTIEK va VMK bilan birgalikda har yili 20-dekabrdan kechiktirmay keyingi yil uchun moliyalashtirish hajmini aniqlash maqsadida hudud boʻyicha muhtoj shaxslar roʻyxatini tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
13. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
14. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan yillik mablagʻlar hududiy boshqarmalarning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻlar ajratiladi.
Hisobot yili davomida TIEK, PTIEK va VMK tomonidan birinchi marta tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan hamda muhtoj shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan muhtoj shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TIEK, PTIEK va VMK tomonidan tegishli Markazga taqdim qilinadi. Bunda har oy boʻyicha maʼlumotlar keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Markazlar qabul qilib olingan qoʻshimcha ehtiyoj boʻyicha maʼlumotlarni ular qabul qilib olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli hududiy boshqarmalarga taqdim etadi;
Birinchi marta tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan hamda muhtoj shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni hududiy boshqarmalarning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratish choralari koʻriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
15. Hududiy boshqarmalar tegishli Markazlarni muhtoj shaxslar ehtiyojlarini hisobga olgan holda har yili yanvar oyi yakuniga qadar mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq sertifikatlar bilan taʼminlaydi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Sertifikatlar maxsus himoyalangan qogʻozda tayyorlangan hamda raqamlangan boʻlishi shart.
Sertifikat 3 ta — “A”, “V” va “S” qismdan iborat boʻladi.
16. Markaz sertifikatni qabul qilib olgach muhtoj shaxslarni tibbiy xulosalar asosida oʻzi tanlagan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun muhtoj shaxslar roʻyxatida belgilangan muddatda sertifikatni rasmiylashtiradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Birinchi marta murojaat qilgan muhtoj shaxslarga sertifikat rasmiylashtirilish muddati murojaat qilingan kundan boshlab oʻttiz ish kunidan oshmasligi lozim.
Markazlar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun rasmiylashtirilgan sertifikatni qayd etish jurnali shakli Nizomga 10-ilovaga muvofiq yuritiladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
17. Birinchi marta murojaat qilgan muhtoj shaxslarga sertifikat rasmiylashtirilganda bu haqida Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan belgilangan shaklga muvofiq yuritiladigan Muhtoj shaxsning kartasiga qayd etiladi.
Muhtoj shaxsning kartasi Markaz tomonidan muhtoj shaxs uchun ochilgan yigʻmajildda saqlanadi. Muhtoj shaxsning yashash joyi oʻzgargan taqdirda, uning yigʻmajildi yangi yashash joyidagi Markazga yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
18. Muhtoj shaxs tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun murojaat etishi mumkin boʻlgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarni (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) oʻz xohishiga koʻra tanlaydi.
Bunda muhtoj shaxs Markaz tomonidan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun murojaat etishi mumkin boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishtiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan roʻyxat Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda yilda ikki marta shakllantirib boriladi.
19. Tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tashkilotlarning nomi, manzili, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
mazkur yoʻnalishda faoliyat koʻrsatishi uchun har bir mahsulotning muvofiqlik sertifikati va tegishli guvohnomasi;
hududlardagi mavjud filiallarining manzili;
tashkilotlarda ishlab chiqariladigan har bir protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining nomi, narxi, foydalanish va kafolat muddatlari, kafolat va foydalanish muddatlari tugamasdan yoki tugaganidan soʻng amalga oshiriladigan tadbirlar;
tashkilotlarda ishlab chiqariladigan har bir protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasining texnik pasporti, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, tayyorlash va/yoki yetkazib berish muddati.
Tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashda yengillik yaratish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Ushbu bandda keltirilgan hujjatlardan bittasi mavjud boʻlmagan holatda shu tashkilot muhtoj shaxsga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun murojaat etishi mumkin boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Bunda mazkur yoʻnalishda faoliyat koʻrsatishi uchun har bir mahsulotning muvofiqlik sertifikati va tegishli guvohnomasi muddatlari tugagan holatda tashkilotlar roʻyxatidan chiqariladi.
Tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytiga ham joylashtiriladi va yangilab boriladi.
20. Sertifikatning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan yil uchun haqiqiy hisoblanadi hamda keyingi yil uchun amal qilmaydi.
5-bob. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash
21. Sertifikat har bir protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi uchun alohida rasmiylashtiriladi (poyabzallar va qoʻltiq tayoqlar uchun uning bir juftiga bitta sertifikat rasmiylashtiriladi).
22. Sertifikatning “A”, “V” va “S” qismlarining tegishli bandlari Markaz tomonidan toʻldiriladi hamda tasdiqlanadi.
(22-bandOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
23. Muhtoj shaxs rasmiylashtirilgan sertifikat asosida oʻzi tanlagan tashkilotga murojaat qiladi.
24. Muhtoj shaxs protez-ortopediya moslamalarini tayyorlash uchun tashkilotga murojaat qilganda, unga tashkilot tomonidan tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari toʻgʻrisida texnik tasnifi, tayyorlash uchun ketadigan vaqt hisobga olingan holda taxminiy tayyor boʻlish kuni haqida maʼlumot beriladi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tayyorlash va yetkazib berish muddati oʻttiz ish kunidan, murakkab turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tayyorlash va yetkazib berish muddati qirq besh ish kunidan oshmasligi lozim.
25. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tayyorlash va yetkazib berishning soʻnggi sanasi har yilning 20-dekabridan kechikmasligi lozim.
26. Tashkilot tomonidan har bir tayyorlangan protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi texnik pasporti, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma hamda buyurtma bergan muhtoj shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birgalikda berilishi shart.
Foydalanish yoʻriqnomasida protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasini saqlash, foydalanish tartib va qoidalari foydalanuvchilar uchun sodda va oson tushunadigan holda yoritilishi hamda oʻzbek va rus tillarida chop etilishi lozim.
Muhtoj shaxs protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasidan foydalanish yoʻriqnomasi bilan toʻliq tanishib chiqishi hamda protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasini saqlash, undan foydalanish tartib va qoidalariga rioya qilishi lozim.
27. Mahsulot tayyorlab berilgandan keyin sertifikatning tegishli qismlari tashkilot tomonidan toʻldiriladi va tasdiqlanadi.
28. Tashkilot tomonidan har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar qabul qilingan va yetkazib berilgan buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgandan va sertifikatning tegishli bandlari toʻliq toʻldirilgandan keyin uning “S” qismi hududiy boshqarmaga yuboriladi. Sertifikatning “V” qismi tashkilotda qoladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Tegishli bandlari tashkilot tomonidan toʻliq toʻldirilmagan sertifikatlar boʻyicha oʻrganish oʻtkazilmaydi hamda besh kun muddat ichida tashkilotga qaytariladi.
Tashkilot tomonidan qabul qilingan va yetkazib berilgan buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli Nizomga 11-ilovaga muvofiq yuritiladi.
29. Tashkilot tomonidan taqdim etilgan va yetkazib berilgan buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ikki kun muddatda Markazlariga yuboriladi. Markazlar tomonidan besh kun muddatda muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan amalda taʼminlanganligi oʻrganiladi hamda natijasi toʻgʻrisida hududiy boshqarmaga maʼlumot taqdim etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
30. Tayyor boʻlgan hamda oʻziga mos kelishini oʻlchab koʻrish zarur boʻlgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxs ularni oʻzi bevosita tashkilotdan qabul qilib oladi. Boshqa holatlarda muhtoj shaxslarga tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari tashkilotlar tomonidan ushbu shaxsning yashash joyiga yetkazib berilishi shart.
31. Hududiy boshqarma tomonidan muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan amalda taʼminlanganligi oʻrganilgandan soʻng sertifikatning “S” qismi oʻn kun muddatda Markazga saqlash uchun yuboriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Markaz sertifikatning “S” qismiga asosan ushbu sertifikat rasmiylashtirilishi uchun asos boʻlgan tibbiy xulosaning qaytarma qismini oʻn kun muddatda tegishli TIEK, PTIEK yoki TMKga saqlash uchun yuboradi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
TIEK va PTIEKga yuborilgan tibbiy xulosaning qaytarma qismi muhtoj shaxsning koʻrik ishida, TMKga yuborilgan tibbiy xulosaning qaytarma qismi muhtoj shaxsning yakka tartibdagi ambulatoriya kartasida saqlanadi.
32. Markazlar oylik hisobotlarni har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan tegishli hududiy boshqarmaga, hududiy boshqarmalar esa — har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Agentlik tomonidan belgilangan shaklga muvofiq protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslar haqidagi hisobotlarni Agentlikka taqdim etadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
33. Tashkilot qabul qilingan buyurtmalarni belgilangan narxda, sifatda va muddatda tayyorlash uchun javobgar hisoblanadi.
34. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining oʻrtacha narxlari keyingi yil uchun har yili 5-dekabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan shakllantiriladi hamda 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
35. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalarining oʻrtacha narxi tashkilotlar tomonidan ushbu mahsulotlarga rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotlardan, prays-varaqlarda koʻrsatilgan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan shakllantiriladi.
Inflyatsiya darajasi va bozor konyunkturasi oʻzgarishlarini hisobga olib, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlari zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqariladi.
Tashkilot tomonidan muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlanganligini oʻrganish natijasiga koʻra hududiy boshqarma tomonidan belgilangan tartibda tegishli tashkilotga mablagʻ oʻtkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi lozim. Bunda toʻlab beriladigan mablagʻ miqdori muhtoj shaxslarga rasmiylashtirilgan sertifikatda belgilangan oʻrtacha narxdan ortiq boʻlmasligi shart.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Muhtoj shaxslar rasmiylashtirilgan sertifikatda belgilangan narxdan past yoki yuqori boʻlgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tanlash huquqiga ega.
Rasmiylashtirilgan sertifikatda belgilangan narxdan yuqori boʻlgan narxdagi farq muhtoj shaxs tomonidan toʻlanadi.
Bunda toʻlov naqd pul mablagʻlari koʻrinishda, bank kassalari, elektron terminallar va boshqa qurilmalar orqali oʻtkazilgan holda amalga oshiriladi. Toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar muhtoj shaxsning oʻzida qoladi va saqlanadi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari narxi rasmiylashtirilgan sertifikatda belgilangan narxdan past boʻlgan holatda tashkilot sertifikatning “S” qismida mahsulot narxini koʻrsatib oʻtadi va hududiy boshqarmalar tomonidan koʻrsatilgan narx asosida mablagʻ oʻtkaziladi.
7-bob. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini taʼmirlash yoki almashtirish
36. Protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan kafolat muddatida nosoz boʻlib qolganda, yetkazib bergan tashkilot tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqa yangisiga almashtiriladi.
Bunda muhtoj shaxs tomonidan tashkilotga murojaat qilingan kundan tegishli protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi tashkilot tomonidan taʼmirlab berilishi yoki yangisiga almashtirilishi besh kun muddatdan, qoʻshimcha tekshirish zarur boʻlganda esa oʻn kun muddatdan oshmasligi shart.
37. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari tibbiy xulosaga asosan quyidagi hollarda foydalanish muddati tugamasdan boshqasiga almashtirib beriladi:
muhtoj shaxslarning jismoniy rivojlanishi oqibatida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻlchamlari ularga toʻgʻri kelmasa;
muhtoj shaxslarda kasallik kechishining yomonlashuvi, shuningdek, oʻtkazilgan jarrohlik muolajalaridan soʻng yuzaga kelgan anatomik yoki fiziologik oʻzgarishlar oqibatida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa.
Bunda Markazlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda tashkilotga murojaat qilish uchun dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda sertifikat yangidan rasmiylashtirib beriladi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
38. Protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi kafolat muddati tugagandan keyin nosoz boʻlib qolganda, ularni taʼmirlash yoki almashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari nosozligi toʻgʻrisida tegishli Markazlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh kundan oshmagan muddatda taʼmirlanishi yoki almashtirilishi lozim boʻlgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun sertifikat yangidan rasmiylashtirib beriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
40. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
41. Muhtoj shaxslar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
I. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni taʼminlash uchun mablagʻ ajratish
1-bosqich
Markaz, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Pediatrik tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi va Tibbiy-maslahat komissiyasi
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar roʻyxatini shakllantirish va yangilab borish
Har yili 15-dekabrga qadar, muntazam ravishda
2-bosqich
Markaz, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Pediatrik tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi va Tibbiy-maslahat komissiyasi
Hudud boʻyicha muhtoj shaxslar roʻyxatini hududiy boshqarmalarga taqdim etish
Har yili 20-dekabrga qadar
3-bosqich
Hududiy boshqarmalar
Zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni ajratish yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga murojaat etish
Har yili dekabr oyi yakuniga qadar
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra ajratish
Har yili 1-aprelga qadar
II. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlarini shakllantirish
5-bosqich
Hududiy boshqarmalar
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlarini keyingi yil uchun shakllantirish
Har yili 5-dekabrga qadar
6-bosqich
Hududiy boshqarmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlarini kelishish hamda tasdiqlash
Har yili 15-dekabrga qadar
III. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun sertifikat bilan taʼminlash
7-bosqich
Hududiy boshqarmalar
Markazlarni muhtoj shaxslar ehtiyojlarini hisobga olgan holda sertifikatlar bilan taʼminlash
Har yili yanvar oyi yakuniga qadar
8-bosqich
Markaz
Muhtoj shaxslarni tibbiy xulosalar asosida oʻzi tanlagan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun sertifikatni rasmiylashtirish
Belgilangan muddatda
9-bosqich
Muhtoj shaxs
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun murojaat etishi mumkin boʻlgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotga murojaat qilish
Sertifikatni olgandan keyin oʻz xohishiga koʻra
IV. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash hamda hisobini yuritish
10-bosqich
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot
Tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tayyorlash va muhtoj shaxsga yetkazib berish
1. Muhtoj shaxs murojaat qilgan kunidan boshlab 30 ish kuni mobaynida.
2. Murakkab turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun murojaat qilingan kundan boshlab 45 ish kuni mobaynida
11-bosqich
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot
Yetkazib berilgan buyurtmalarga tegishli sertifikatning “S” qismini hududiy boshqarmaga yuborish
Keyingi oyning 10-kuniga qadar
12-bosqich
Hududiy boshqarmalar
Yetkazib berilgan buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markazlarga yuborish
Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 2 kun muddatda
13-bosqich
Markazlar
Muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan amalda taʼminlanganligini oʻrganish hamda natijasi toʻgʻrisida tegishli hududiy boshqarmasiga maʼlumot taqdim etish
Yetkazib berilgan buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun muddatda
14-bosqich
Hududiy boshqarmalar
Oʻrganish natijasiga koʻra yetkazib berilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun tegishli tashkilotga mablagʻ oʻtkazib berish
5 kun muddatda
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik
vositalariga muhtojlik toʻgʻrisidagi _________ — sonli
TIBBIY XULOSA
1. _________________________________________________________________________________________ (Muhtoj shaxsning F.I.O.)
2. _________________________________________________________________________________________ (Tugʻilgan kuni, oy, yil)
3. _________________________________________________________________________________________ (Yashash manzili)
4. _________________________________________________________________________________________ (nogironlik guruhi, sababi va muddati (agar nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsa)
5. ________________________________________________________________________________________ (klinik tashxis)
6. Ushbu tibbiy xulosa ______________________________________________________________________ni
(protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi koʻrsatiladi )
olish uchun berildi.
7. _______________________________
(birlamchi, takroran)
8. _________________________________________________________________________________________ (protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi va kodi)
9. Tibbiy xulosa berilgan sana ____________________
(kun, oy, yil)
10. Muddati __________________________________
(kun, oy, yil)
11. PTIEK, TIEK, TMK raisi _____________________
Ushbu maʼlumotnoma ______________________________________________________________________ning
(F.I.O.)
20___ yil ____ ______________da
___________________________________________________________________________________________ (protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi va kodi)
________tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi boshligʻi
___________
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
M. Oʻ.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
oyoq panjasining kuyish, sovuq urishi, elektr jarohati yoki jarrohlik muolajasi natijasidagi deformatsiyalari;
oyoq panjasining rivojlangan va turgʻun limfastazi (fil oyoqlik) va u bilan bogʻliq boʻlgan trofik oʻzgarishlar.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni aniqlash boʻyicha tibbiy koʻrsatmalar
1. Xonaga moʻljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
NYNA boʻyicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uygʻunlikda;
jigar funksiyalarining namoyon boʻlgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;
IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon boʻlgan ataksiya, shu jumladan, namoyon boʻlgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon boʻlgan giperkinetik buzilishlar;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar;
ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
2. Sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning ogʻir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga;
ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
3. Eshitish moslamasi quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
tugʻma, orttirilgan va aralash koxlear nevrit;
eshitish qobiliyati pasayishining III va IV darajasi (surdologning ikkala quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida).
4. Qoʻltiq tayoq, jumladan, tirsakli qoʻltiq tayoq quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
bitta oyoqning tayanch-harakat faoliyati toʻliq buzilgan holatlar hamda anatomik defektlarda.
soxta boʻgʻim, suyaklar defekti, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, oyoq kamari suyaklari va boʻgʻimlarining turgʻun qiyshayishi yoki ankilozi, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
bitta yoki ikkala oyoqning amputatsion choʻltoqligi;
tizza va chanoq-son boʻgʻimini endoprotezlashdan keyingi holat;
oʻrta darajada va namoyon boʻlgan gemiparez, oʻrta darajada va namoyon boʻlgan pastki paraparez.
5. Hassa, jumladan, koʻzi ojizlar uchun hassa quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
bir oyoqning tayanch-harakat faoliyati qisman buzilgan holatlarda, shuningdek, murakkab protez va ortez bilan taʼminlangan holatlarda;
tizza va chanoq-son boʻgʻimini endoprotezlashdan keyingi holat;
koʻzi ojizlarga;
6. Yurish moslamasi (xodunok) quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
ikkala oyoq, chanoq, umurtqa pogʻonasining jarohatlari asoratlaridan keyingi yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
7. Peshob qabul qilgich quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
peshob chiqarish aʼzolarida stoma mavjudligi.
8. Najas qabul qilgich quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
ichakda stoma mavjudligi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (Tibbiy-maslahat komissiyasi)da tibbiy xulosalarni qayd etish
JURNALI
T/r
F.I.O.
Tibbiy xulosa berilgan sana
(kun, oy, yil)
Yashash joyi
Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs
Nogironlik guruhi, sababi va muddati
(agar nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsa)
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turi
Tibbiy xulosaning qaytarma qismi
qabul qilingan sana
Berilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi nomi
Tibbiy xulosani qabul qilib oluvchi shaxsning imzosi
10. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi boshligʻi _________________________________________
11. Sertifikatni qabul qilib olgan shaxsning F.I.O. va imzosi ____________________________
11. Buyurtma qabul qilingan sana ___________________
12. Mahsulotni tayyorlagan korxona nomi ________________________________________
11. Buyurtma qabul qilingan sana ____________________
12. Mahsulotni tayyorlagan korxona nomi ___________________________________________
13. Korxonada tayyorlangan mahsulot kodi va narxi __________________________
Korxona rahbarining F.I.O. va imzosi _____________________________________________
14. Mahsulot oluvchining F.I.O. va imzosi ________________________________________________
13. Korxonada tayyorlangan mahsulot kodi va narxi _________________________
Korxona rahbarining F.I.O. va imzosi _____________________________________________
14. Tayyorlangan mahsulotning sifati toʻgʻrisida mahsulot oluvchining fikri _______________________
15. Mahsulot oluvchining F.I.O., imzosi va qabul qilib olingan sana ____________________________
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Protez-ortopediya mosmalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun rasmiylashtirilgan sertifikatni qayd etish
JURNALI
T/r
Sertifikat rasmiylashtirilgan shaxsning F.I.O.
Tugʻilgan vaqti (kun, oy, yil)
Yashash manzili
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma)
PIEK, TIEK yoki TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosaning berilgan sanasi va raqami
Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs