toggle_night_mode
Hujjat 26.06.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2771-3]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-iyun,
35-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-iyun,,
2021-26-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-iyun,
01-02/8-32-son
Kelishildi:
Davlat xizmatlari agentligi direktori U. MUXAMMADIYEV
2021-yil 1-iyun
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2021-yil 4-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 18-iyundagi 35-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 12-iyundagi 2021-26-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 9-iyundagi 01-02/8-32-son qaroriga
ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ikkinchi xatboshidagi “soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “bojxona boji, soliqlar va yigʻimlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
ortiqcha toʻlangan soliq summasi (penya, jarima) — soliqning (penyaning, jarimaning) toʻlangan summasi bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq. Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha toʻlangan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) soliq toʻlovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi;
ortiqcha undirilgan soliq summasi — davlat soliq xizmati organining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida ortiqcha toʻlangan soliq summasi;
xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summasi — soliq (penya, jarima) summasini toʻlagan shaxsni va (yoki) ushbu toʻlovning maqsadini qatʼiy aniqlash imkoniyatini bermaydigan toʻlov chogʻida xatolikka yoʻl qoʻyilgan soliq (penya, jarima) summasi. Qaysi soliqqa (penyaga, jarimaga) nisbatan uni toʻlagan shaxs soliq toʻlovchi deb hisoblanmaydigan shaxsdan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan budjetdan boshqa budjetga kelib tushgan soliq (penya, jarima) summasi ham xatolik bilan toʻlangan deb eʼtirof etiladi;”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 4, 6, 8, 23, 29, 31, 374, 375, 42, 63, 64, 65-bandlardagi “soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “bojxona boji, soliqlar va yigʻimlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 3-bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Toʻlovlar kontingentini “OʻRMV” ATda aks ettirish orqali YaGʻHga kiritish va ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan toʻlovlarni qaytarish”.
4. 17-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud va (yoki) davlat soliq xizmati organining qarorlariga asosan majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan soliq va yigʻimlar ushbu Yoʻriqnomaning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomasiga asosan YaGʻHga oʻtkaziladi.”.
5. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish uchun qoʻshimcha toʻlangan yigʻimlar summasi (tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (bundan buyon matnda Davlat xizmatlari agentligi deb yuritiladi) budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi.
Bunda qaytarib berilgan mablagʻlar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tegishli davlat xizmati uchun ochilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan regress tartibida undirib olinadi. Mablagʻlarni undirib olish mazkur paragrafda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
6. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104 va 105-moddalariga muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur boʻlganda:
ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan soliqlar summalarini hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq taqdim etiladi;
ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan soliqlar summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasidagi shaklga muvofiq taqdim etiladi;
Xatolik bilan toʻlangan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq toʻlovchiga uning yoxud bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligining yozma murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qaytariladi.”.
7. 332-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“332. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104 va 105-moddalariga muvofiq ortiqcha toʻlangan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron topshiriqnoma tayyorlaydi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuboradi. Elektron topshiriqnoma tuzishning imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, topshiriqnomalar davlat soliq xizmati organining yozma murojaatiga asosan tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklida yuborilishi mumkin.
Ortiqcha toʻlangan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summalarini hisobga olish summasi bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan oshmagan hollarda, elektron topshiriqnomalar davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik shakllantirilishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmasdan “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuborilishi mumkin.
Elektron topshiriqnomada quyidagilar majburiy tarzda koʻrsatiladi:
topshiriqnoma raqami;
topshiriqnoma taqdim etuvchi davlat soliq xizmati organining nomi;
toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR (JShShIR);
ortiqcha toʻlangan soliq yoki toʻlov turi;
summasi;
toʻlovchining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
oluvchining bank rekvizitlari;
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summalarini qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organining qarori ushbu Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarning birgalikdagi oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida rasmiylashtiriladi.
Ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summalarini qaytarish yoki hisobga olish soliq toʻlovchining qaytarish yoki hisobga olish rekvizitlari toʻliq koʻrsatilgan arizasi hamda soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha vakolatli organning mazkur Yoʻriqnoma bilan belgilangan shakldagi qaroriga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga ushbu Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi topshiriqnoma taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuborilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron topshiriqnoma tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqnomada koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olishga eʼtirozlari boʻlmaganida “OʻRMV” ATda topshiriqnomani tasdiqlaydi, eʼtirozlar boʻlganida esa, sababini koʻrsatgan holda qaytariladi.”;
ikkinchi xatboshidagi “xulosani” degan soʻz “topshiriqnomani” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar va yigʻimlar summalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi va soliq toʻlovchi oʻrtasida tuzilgan elektron solishtirish dalolatnomasini;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “xulosa” va “xulosada” degan soʻzlar tegishli ravishda “topshiriqnoma” va “topshiriqnomada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalarida ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun ijroga qabul qilingan topshiriqnomalar mazkur topshiriqnomani taqdim etgan vakolatli organning murojaatiga asosan qaytarilishi mumkin.”.
10. 34 — 343-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Soliqlardan tashqari ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarish yoki hisobga olish toʻlovchining qaytarish yoki hisobga olish rekvizitlari toʻliq koʻrsatilgan arizasi hamda ushbu toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organning ushbu Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi topshiriqnomasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga topshiriqnoma taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan soliqlardan tashqari toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish uchun topshiriqnomani elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda elektron ravishda tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga yuborishlari mumkin.
Elektron topshiriqnomada quyidagilar albatta koʻrsatiladi:
topshiriqnoma raqami;
topshiriqnoma taqdim etuvchi organ nomi;
toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR raqami yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR (JShShIR);
ortiqcha toʻlangan toʻlov nomi;
summasi;
toʻlovchining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
oluvchining bank rekvizitlari;
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
341. Soliqlardan tashqari ortiqcha toʻlovlar boʻyicha mablagʻlarni boshqa toʻlov turiga hisobga olish (oʻtkazish) faqat soliqlardan tashqari toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organ tomonidan undiriladigan toʻlovlar oʻrtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
342. Maʼmuriy, Iqtisodiy va Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan davlat bojini qaytarish boʻyicha sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mavjud boʻlganda tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga vakolatli organ tomonidan topshiriqnoma oʻrniga sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) taqdim qilinadi.
343. Tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Yoʻriqnomaning 34, 341 va 342-bandlariga muvofiq topshiriqnoma yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) taqdim qilinganidan soʻng bir ish kuni muddatida ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan toʻlovchining rekvizitlari va summalarni “OʻRMV” ATdagi maʼlumotlar bilan solishtiradilar. Barcha maʼlumotlar oʻzaro muvofiq boʻlganida taqdim etilgan topshiriqnoma yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mablagʻlarni ularda koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ijroga qabul qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish uchun qoʻshimcha toʻlangan yigʻimlar summasini (tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilmagan taqdirda) qaytarish yuzasidan taqdim etilgan topshiriqnoma, mablagʻlarni dastlab Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan bir ish kuni ichida toʻlovchiga qaytarish, soʻng qaytarilgan mablagʻni regress tartibida topshiriqnomada koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tiklash uchun tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ijroga qabul qilinadi.”.
11. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Agar 5 ish kuni mobaynida joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud boʻlmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati boʻlmasa, ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish uchun qoʻshimcha toʻlangan yigʻimlar summasini (tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilmagan taqdirda) qaytarishga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddat tatbiq etilmaydi.”.
birinchi xatboshidagi “xulosani” degan soʻz “topshiriqnomani” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xulosalar” degan soʻz “topshiriqnomalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13. 376-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“376. Agar 5 ish kuni mobaynida mablagʻlar ortiqcha kelib tushgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy tushumlar kelib tushishi kutilmayotgan boʻlsa (asoslangan holda) soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan topshiriqnomalar ijrosi istisno tariqasida, bir ish kuni mobaynida tegishli budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.”.
14. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan va xatolik bilan toʻlangan toʻlovlarni tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan qaytarish yoki hisobga olishda qaytarilgan yoki hisobga olingan summalar xarajatlarda aks ettirilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoki DMJ daromadlari ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan (undirilgan) daromad turi boʻyicha qaytarish yoki hisobga olish summasiga kamaytiriladi.”.
15. Quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
“3-§. Muddatida qaytarilmagan ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasiga foiz hisoblash va toʻlab berish tartibi
421. Ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddat buzilgan holda amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq toʻlovchiga qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblanadi.
422. Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq toʻlovchi undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanadi.
Foizlar undirilgan kundan keyingi kundan eʼtiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi.
423. Foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
424. Quyidagi hollarda foizlar hisoblanmaydi:
soliq toʻlovchining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi mavjud boʻlmaganda;
soliq toʻlovchi tomonidan undan soliq ortiqcha undirilganligi fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida murojaat kelib tushmasa;
ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olishni (qaytarishni) rad etish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilinganda;
kameral soliq tekshiruvida soliq toʻlovchi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilmaganligi oqibatida qoʻshimcha soliqlar hisoblanib undirib olinganda;
ortiqcha toʻlangan soliq summasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan manfiy va nol darajali stavka boʻyicha hisobotlar natijasida hosil boʻlganda;
xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summasiga.
425. Muddatida qaytarilmagan ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga toʻliq qaytarilgan kundan eʼtiboran 3 kun ichida qaytarish muddati buzilgan summaga nisbatan foizlar hisoblash va toʻlab berish toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilinadi.
426. Foizlarni hisoblash mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
427. Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hamda hisoblangan foizlarini hisobga olish yoki qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi.
428. Foizlar hisoblash va toʻlab berish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran 2 ish kuni ichida tegishli budjetdan soliq toʻlovchining bank hisob raqamiga toʻlab beriladi. Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazilgan soliqlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman va shaharlar budjetlariga oʻtkazilgan soliqlar boʻyicha — tegishli mahalliy budjetlar hisobidan;
budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlangan soliqlar boʻyicha — tegishli budjetlar hisobidan ularga ajratmalar meʼyoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
429. Agar hisoblangan foizlarni soliq toʻlovchiga toʻlab berish mobaynida soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaraqalarida qarzdorliklar yuzaga kelgan taqdirda, foizlarni toʻlab berish vaqtincha toʻxtatiladi.
4210. Hisoblangan foizlar summasi soliq toʻlovchining yozma arizasiga asosan soliq turlari boʻyicha soliq qarzlariga yoki kelgusi davr soliq toʻlovlari uchun hisobga olinishi mumkin.
4211. Hisoblangan va toʻlangan foizlarning hisobi soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaraqlari orqali yuritiladi.”.
16. 651-banddagi “Soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan” degan soʻzlar “Soliqlardan tashqari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1-pozitsiyaning “Nomi” ustunidagi “Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “Soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning “Nomi” ustunidagi “soliq va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3 va 4-pozitsiyalarning “Nomi” ustunidagi “soliq va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 21-ilova bilan toʻldirilsin.
19. 9-ilovadagi “XULOSA” degan soʻz “TOPShIRIQNOMA” degan soʻz bilan almashtirilsin.
20. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 — 5-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 10 — 13-ilovalar bilan toʻldirilsin.
21. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
21-ILOVA
Toʻlov topshiriqnomasi raqami ‎‎

Sana

‎‎‎
Toʻlovchi nomi ‎‎
DEBET‎
Toʻlovchining hisob raqami ‎‎

Toʻlovchining STIRi (JShShIR)

‎‎
‎‎ ‎‎
Toʻlovchining banki ‎‎‎

Toʻlovchining bank kodi

Summa‎‎‎ ‎‎ soʻm‎ ‎‎ tiyin‎‎‎
Oluvchining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi
‎‎KREDIT
Yagona gʻazna hisobvaragʻi ‎‎23 402 000 300 100 001 010 ‎‎
Oluvchining banki MB Toshkent sh. Bosh boshqarmasi HKKM

Oluvchining bank kodi

‎‎00014
Summa yozuvda ‎‎
Daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ‎‎

Mablagʻlar manbai va budjetlarning darajasi

Valyuta kodi

Nazorat kaliti

Hududiy tasnif kodi

Daromad turi

Tashkiliy tasnif kodi

Soliq toʻlovchining STIRi
Soliq toʻlovchining nomi
Toʻlov maqsadi
‎‎
Toʻlov maqsadi ‎‎
Tashkilot rahbari ‎‎ ‎‎
Bosh buxgalter ‎‎
M.Oʻ.‎

Tekshirildi

Maʼqullandi

Bank tomonidan ijro etildi


”.

Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
10-ILOVA

Ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasini qaytarish (hisobga olish) toʻgʻrisida
‎QAROR

20__ yil “__” ________

___-son

_______(shahar) tuman

_________(shahar) tuman davlat soliq inspeksiyasi (davlat soliq boshqarmasi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104 (105)-moddasiga asosan soliq toʻlovchi ‎“________________________”ning (STIR ________) ____________ boʻyicha (soliq kodi ___) ortiqcha toʻlangan (undirilgan) ___________soʻm soliq summasini hisobga olish (qaytarish) toʻgʻrisidagi 20__ yil “___” __________ kunidagi ___-son arizasi koʻrib chiqilib, quyidagilar

ANIQLANDI:

Davlat soliq xizmati organining maʼlumotlar bazasida soliq toʻlovchining 20__ yil “__” __________ holatiga __________ (soliq kodi ____)dan ________ soʻm ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi mavjudligi va boshqa soliq turlaridan soliq qarzi mavjud emasligi (_____ soʻm soliq qarzi mavjudligi).
‎Davlat soliq inspeksiyaning (DSB) ___________ boʻlimi tomonidan 20___ yil “___” ____-son topshiriqnoma asosida _________ soʻm ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi mavjudligi.
‎Soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida 20___ yil “__” __________ holatiga ______________ (soliq kodi __) boʻyicha __________ soʻm ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi vujudga kelganligi va soliq summalarini qaytarish (hisobga olish) boʻyicha daʼvo qilish muddati buzilmaganligi.
‎Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksning 104 (105)-moddasiga asosan ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi soliq toʻlovchining yozma arizasi davlat soliq xizmati organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun ichida soliq toʻlovchiga qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim.
‎Yuqoridagilarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104 (105)-moddasiga asosan _______(shahar) tuman davlat soli� inspeksiyasi (DSB)

QAROR QILADI:

Soliq toʻlovchi “_______________________________”ning (STIR _____) shaxsiy hisobvaragʻida ______________ (soliq kodi __) boʻyicha mavjud ortiqcha toʻlangan (undirilgan) _________soʻm mablagʻlarni qaytarish (hisobga olish) 1 kun muddatda topshiriqnoma tayyorlanib, ijro uchun yuborilsin.
‎Ushbu qaror imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

________tuman (shahar) DSI (DSB) boshligʻi

_____________

(imzo)”.

Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
11-ILOVA

‎‎_________-son TOPShIRIQNOMA

‎__________________________________________________________________________________________________
(topshiriqnoma taqdim etuvchi organ nomi)

_______________________________________‎‎arizasiga asosan (STIR ____________________________________)

(yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki jismoniy shaxsning — F.I.O., JShShIR)

‎‎ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasini qaytarish (hisobiga olish) toʻgʻrisida
‎_________________________________________________________________________________________________

(soliq yoki yigʻim nomi)

‎‎__________________________________________________________________________________________ summada

‎‎(sonda va yozuvda)

‎‎Taqdim etilgan hisob-kitob natijasida 20___ yil “____” _____________________ holatiga ariza beruvchi tomonidan

‎__________________________________________________________________________________________________

‎‎(soliq yoki toʻlov nomi)

‎‎__________________________________________________________________________________soʻm _______ tiyin

‎‎(sonda va yozuvda)

‎‎quyidagi daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ____________________________________________________________

(shgʻh)

‎ortiqcha (yoki notoʻgʻri) toʻlanganligi (undirilganligi) aniqlandi.‎‎
Davlat soliq xizmati organining 20___ yil “_____” ___________ dagi ____-son qarori.

‎‎Koʻrsatilgan summani qaytarish (yoki hisobga olish) quyidagi daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshirilsin:

Mablagʻlar manbai va budjetlarning darajasi‎‎ ‎‎

Valyuta kodi‎‎ ‎‎

Nazorat kaliti ‎‎ ‎‎

Hududiy tasnif kodi ‎‎ ‎‎

Daromad turi‎‎ ‎‎

Tashkiliy tasnif kodi ‎‎ ‎‎

‎‎Mablagʻ oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi‎ ‎‎
‎‎Bank hisob raqami
‎‎
Mablagʻ oluvchining bank nomi ‎‎
‎‎
‎‎Bank kodi (MFO)
‎‎
‎‎‎‎STIR‎ (JShShIR)
‎‎
‎‎Summa raqamda
‎‎
‎Summa yozuvda
‎‎
‎‎Toʻlov maqsadi
‎‎
Rahbar‎‎

‎‎________________________

‎‎Bosh buxgalter
‎(buxgalter, mutaxassis)

‎‎_____________________________

‎‎20__ yil “___” ______________.

”.‎

Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
12-ILOVA

Muddatida qaytarilmagan ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasiga foizlar hisoblash
‎va toʻlab berish toʻgʻrisida
‎QAROR

‎‎20__ yil “__” ________

___-son

_______(shahar) tuman

_________(shahar) tuman davlat soliq inspeksiyasi (davlat soliq boshqarmasi) boshligʻining (oʻrinbosari) 20__ yil “___” ________ qarorida soliq toʻlovchi “_____________________________________” ning (yuridik shaxs boʻlsa STIR, toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa — JShShIR) ____________ boʻyicha (soliq kodi ___) ortiqcha toʻlangan (undirilgan) ___________soʻm soliq summasini oʻz vaqtida qaytarilmaganligi sabablarini koʻrib chiqib, quyidagilar

ANIQLANDI:

Soliq toʻlovchi “________________________” (yuridik shaxs boʻlsa STIR, toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa — JShShIR) 20__ yil “___” ________ ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summalarini hisob raqamiga qaytarib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan.
‎Mazkur murojaatga asosan ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi 20__ yil “___”________ kuni soliq toʻlovchining hisob raqamiga toʻliq qaytarib berilgan.
‎Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104-moddasida ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish muddati buzilgan holda amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq toʻlovchiga qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblash belgilangan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 105-moddasida ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq toʻlovchi undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanishi belgilangan. Bunda foizlar undirilgan kundan keyingi kundan eʼtiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi.).
‎Bayon etilganlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104 (105)-moddasiga asosan _______(shahar) tuman davlat soliq inspeksiyasi (davlat soliq boshqarmasi)

QAROR QILADI:

Soliq toʻlovchi “________________________” (yuridik shaxs boʻlsa STIR, toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa — JShShIR) tomonidan 20__ yil “___” ________ ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasini qaytarish (hisobga olish) muddati _____ kunga buzilganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104-moddasiga asosan kechikkan har bir kalendar kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasining uch yuz oltmish beshdan biriga teng miqdorda milliy valyutada foizlar hisoblansin.
‎Hisoblangan foiz summasi tegishli budjetdan soliq toʻlovchining bank hisob raqamiga toʻlab berish toʻgʻrisida 1 kun muddatda topshiriq tayyorlanib, ___________tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimiga ijro uchun yuborilsin.
‎Ushbu qaror imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

________tuman (shahar) DSI (DSB) boshligʻi

______________

(imzo)”.

Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
5-ILOVA
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
13-ILOVA
Muddatida qaytarilmagan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan soliq summasiga foizlar hisoblash
tartibi
1. Muddatida qaytarilmagan ortiqcha toʻlangan soliq summasiga foizlar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Toʻlanadigan foiz summasi =
Bunda:
n — qaytarilishi talab qilingan ortiqcha toʻlangan soliqning qaytarish muddati kechiktirilgan kunlar soni;
i — qaytarilishi talab qilingan ortiqcha toʻlangan soliqning qaytarish muddatidan keyingi kunlarning tartib raqami;
Qii-kundagi qaytarilishi talab qilingan ortiqcha toʻlangan soliqning qaytarilmagan qismi;
MBQMSi i-kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi, foizda.
2. Muddatida qaytarilmagan ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Toʻlanadigan foiz summasi =
Bunda:
n — qaytarilishi talab qilingan ortiqcha undirilgan soliqning qaytarish muddati kechiktirilgan kunlar soni;
i — qaytarilishi talab qilingan ortiqcha undirilgan soliqning qaytarish muddatidan keyingi kunlarning tartib raqami;
OUii-kundagi qaytarilishi talab qilingan ortiqcha undirilgan soliqning qaytarilmagan qismi;
MBQMSi i-kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi, foizda.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2771-3/0611-son)