Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining xalq va xizmat koʻrsatgan artistlarini ijtimoiy himoya qilish va ularning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston xalq artisti” va “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarning ish haqiga, lavozim maoshlariga va pensiyalariga eng kam ish haqi darajasiga nisbatan 60 foiz, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga — 40 foiz miqdorida har oyda qoʻshimcha haq belgilansin.
2. Sobiq Ittifoq farmonlariga muvofiq “SSSR xalq artisti” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga ustama haq “Oʻzbekiston xalq artisti” darajasida toʻlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur maqsadlar uchun zarur mablagʻlar ajratsin.