1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2033-4]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 18-maydagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 14-maydagi 23-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3877, 30.06.2026-y.) asosan 2026-yil 3-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 2009-43 va 38-son Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2033, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 491-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
38-son
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-iyun,
26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 38-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 22-iyundagi 26-son qaroriga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Qoidalar talablari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sugʻurtalovchilar bundan mustasno.”.
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslari bilan ijtimoiy va kasbiy jihatdan chambarchas bogʻliq boʻlgan shaxslar.”.
3. Rus tili matnidagi 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “i finansirovaniya terrorizma” degan soʻzlar “finansirovaniya terrorizma i finansirovaniya rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno va (yoki) pul mablagʻlarini yohud boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda bunday operatsiya haqida toʻxtatib turilgan kunning oʻzida maxsus vakolatli davlat organini xabardor etish;”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda toʻxtatish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish.”.
5. 271 va 28-bandlardagi “Agentlik” degan soʻz “Moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlarini koʻrish;”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda toʻxtatish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv tadbirlarida ishtirok etish va oʻquv tadbirlarida olingan maʼlumotlarni professional ishtirokchilarning xodimlariga yetkazish;”;
“111. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va ushbu axborotdan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratgan holda rasmiylashtirilishi lozim.”.
10. Quyidagi mazmundagi 112-band bilan toʻldirilsin:
“112. Nazoratchi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini bilishi lozim.”.
11. 12-banddagi “eng kam oylik ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 131-band quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alohida hollarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
ikkinchi xatboshidagi “qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha” degan soʻzlar “mijoz nomidan ish yurituvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishni;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar mijozning benefitsiar mulkdorini aniqlashning imkoni boʻlmasa, professional ishtirokchilar mijozning rahbarini identifikatsiyalashlari lozim.”.
“yuqori mansabdor shaxs, uning oila aʼzolari yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish (shu jumladan, mavjud boʻlgan bunday mijozlar bilan ish munosabatlarni davom ettirish) faqatgina professional ishtirokchilarining rahbari ruxsati bilan amalga oshiriladi;”.
15. 14-banddagi “pasport” degan soʻz “pasport/identifikatsiya ID-kartaning raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Quyidagi mazmundagi 161 — 163-bandlar bilan toʻldirilsin:
“161. Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda professional ishtirokchilar ulardan mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasini (yuqori organ, ijroiy organ, boshqa organlar) olishlari lozim.
162. Birja aʼzolarining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
Professional ishtirokchilarning xorijdagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarida professional ishtirokchining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda aynan professional ishtirokchi ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
163. Professional ishtirokchilarning chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, professional ishtirokchilarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida professional ishtirokchilar bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.”.
17. 181-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar”.
19. Quyidagi mazmundagi 185-band bilan toʻldirilsin:
“185. Moliya vazirligi yiliga kamida bir marta, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik oʻzgarishi munosabati bilan professional ishtirokchilar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini oʻrganadi.”.
21. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Tashkilotlar Moliya vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan shubhali operatsiyani erta aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni tatbiq etishlari mumkin.”.
“Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatib turiladi, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulklarni esa ishga solmay toʻxtatib qoʻyilib, maxsus vakolatli davlat organiga xabar beriladi, agar:”;
“mijoz — roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxs egalik qiladigan yoki boshqaruvi ostida boʻlgan yuridik shaxs”.
23. Quyidagi mazmundagi 273-band bilan toʻldirilsin:
“273. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi professional ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”.
24. Quyidagi mazmundagi 282-band bilan toʻldirilsin:
“282. Professional ishtirokchining ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2033-4/0598-son)