toggle_night_mode
Hujjat 10.08.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududlardagi aholi ongida tadbirkorlik orqali hayot tarzini yaxshilashga intilish hissini uygʻotish hamda bu borada ularni ragʻbatlantirish va davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni va tadbirkorlikka jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi oʻrnatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan dasturlar va talablar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini davlat tomonidan kompensatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini olgan shaxslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, shu jumladan bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratish.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
aholini, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturini amalga oshirish va oʻquv kurslarini tashkil etish jarayoniga nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qilishni nazarda tutuvchi Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
aholini kasb-hunar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga boʻlgan qiziqishi va manfaatdorligini oshirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlikka oʻqitishda ishtirok etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) 2021-yil 20-iyulga qadar shakllantiriladi, 2022-yildan boshlab ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan muddatlarda maxsus tashkil etiladigan axborot tizimida yuritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq ajratilgan 2 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun qarz ajratish boʻyicha tanlov 2021-yil 20-iyulga qadar eʼlon qilinadi va 2021-yil 1-avgustga qadar oʻtkaziladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ikki hafta muddatda nodavlat taʼlim tashkilotlarining roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirib, reyestrga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi:
a) bir oy muddatda reyestrni shakllantirgan holda oʻzining veb-sahifasiga joylashtirsin;
b) 2021-yil 1-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki bilan birgalikda quyidagi imkoniyatlarga ega axborot tizimining ishga tushirilishini taʼminlasin:
reyestrni shakllantirish va yuritish;
tegishli idoralarning dasturiy taʼminotlari bilan integratsiya qilgan holda, idoralararo elektron hamkorlik qilish;
nodavlat taʼlim tashkilotlari va mutasaddi idoralar oʻrtasida oʻquvchilarning davomatini real vaqt rejimida monitoring qilish;
sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
tadbirkorlik boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-iyun,
388-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qaroriga
1-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini amalga oshirish, ularda ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish hamda ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
nodavlat taʼlim tashkilotlari (NTT) — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitishni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;
elektron reyestr — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTTlar toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv yuklamasi — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ishlab chiqilib, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda vakolatli davlat organi bilan birgalikda tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanlarning minimal yoʻnalishlari, miqdori va oʻquv soatini oʻzida mujassamlashtirgan qoʻshma yoʻriqnoma;
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
oʻquv dasturi — oʻquv yuklamasi asosida NTT tomonidan ishlab chiqiladigan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanning mazmuni va oʻtilish tartibi, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
oʻquv kurslari — oʻquv dasturi asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT darslar toʻplami;
oʻquv kurs tinglovchilari (bitiruvchilari) — oʻquv dasturi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) yoshlar va xotin-qizlar;
sertifikat — NTT tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga koʻra 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga mazkur nizomga 1-ilova qilingan namuna asosida taqdim etiladigan malakaviy hujjat;
kompensatsiya — elektron reyestrga kiritilgan, sertifikatga ega boʻlgan oʻquv kurslari bitiruvchilarini kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitgan NTTga sarflangan xarajatlarining 70 foizini, biroq sertifikatga ega boʻlgan har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan oshmagan qismini qoplash maqsadida toʻlanadigan mablagʻ;
mikrokredit — oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarga “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
3. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan NTTlarning roʻyxati har yili 1-dekabrga qadar vakolatli davlat organiga koʻrib chiqish va elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi.
5. Roʻyxatda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
STIR raqami;
nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma rekvizitlari;
oʻquv kurslarining yoʻnalishlari;
oʻquv kurslarini olib boradigan oʻqituvchi, usta va murabbiylar soni (sohalar kesimida);
oʻquv va dars jarayonlarini tashkil etish uchun sinfxonalar, mashgʻulot xonalari va boshqa zaruriy ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi;
oʻquv kurslarining umumiy joy oʻrinlari;
oʻquv jihozlari va boshqa zaruriy vositalar bilan taʼminlanganligi;
mavjud filiallari va ularning manzillari (agar mavjud boʻlsa);
xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlari (agar mavjud boʻlsa).
6. Roʻyxatga kiritish uchun NTTlar elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etishi uchun har yili 1-noyabrga qadar Inspeksiyaga ariza taqdim etadi.
7. NTTlar elektron reyestrga kirishlari uchun mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
Mazkur talablar taʼminlanmagan taqdirda, ushbu NTTlar elektron reyestrga kiritilmaydi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ikki ish kuni ichida bu haqda Inspeksiyaga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi va taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi.
Inspeksiya bir ish kuni ichida hujjatlar qaytarilganligi toʻgʻrisida tegishli NTTlarni xabardor qiladi.
NTTlar xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida, kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, Inspeksiya ularning maʼlumotlari va roʻyxatini ikki ish kuni ichida takroran vakolatli davlat organiga kiritishi mumkin.
Takroran taqdim etilgan hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan ushbu nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta koʻrib chiqiladi.
8. Vakolatli davlat organiga taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlarning haqqoniyligi uchun Inspeksiya va NTTlar rahbarlari shaxsan masʼul hamda javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
NTTlarning mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi, shuningdek, taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi idoralararo elektron hamkorlik orqali tekshiriladi, zarur hollarda, vakolatli davlat organining hududlardagi boshqarmalarining masʼul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
9. Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni koʻrib chiqish va umumlashtirish asosida, har yili 1-yanvarga qadar vakolatli davlat organi tomonidan NTTlarning elektron reyestri shakllantiriladi.
Elektron reyestr vakolatli davlat organining veb-sahifasiga joylashtiriladi.
Elektron reyestrga Inspeksiyaning taklifiga koʻra, vakolatli davlat organi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
10. Zaruriy hollarda, elektron reyestrga kiritilgan maʼlumotlar manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkin.
3-bob. Oʻquv dasturini amalga oshirish va oʻquv kurslarini tashkil etish
11. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish 3-ilovada keltirilgan kasblar roʻyxati doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, kasblarning dolzarbligi hamda mehnat bozoridagi talab va taklif koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda kasblar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
12. NTTlar tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish oʻquv dasturlari va oʻquv kurslari asosida tashkil etiladi.
13. Oʻquv kurslarining umumiy davomiyligi 40 soatdan kam boʻlmagan holda belgilanadi, bunda dars soatlarining taxminan:
70 foiz qismi kasb-hunar va tadbirkorlik asoslarini;
10 foiz qismi tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik talablari, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini;
10 foiz qismi biznes-rejalar tuzish va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni;
10 foiz qismi marketing, menejment va tadbirkorlik etikasi, hamkorlar va mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ularga xizmat koʻrsatish va muomala madaniyatini oʻrgatishga qaratish tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻquv dasturlari asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish istagini bildirgan — elektron reyestrga kiritilgan NTTlar oʻquv kurslari boshlanishidan kamida uch kun oldin tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari va vakolatli davlat organining hududlardagi boshqarmalariga rasmiy xabarnoma yoʻllaydi. Xabarnomada oʻqitish joyi, oʻqitish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi va tinglovchilari roʻyxati ilova qilinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
NTTlar oʻquv dasturlari doirasida tinglovchilarni shartnoma va toʻlov asosida oʻqishga qabul qiladi.
15. Oʻquv kurslari yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, oʻqituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda anʼanaviy usulda olib boriladi.
16. NTTlar tomonidan tinglovchilarning oʻquv jarayonida ishtirok etishlari va davomati muntazam monitoring qilib boriladi.
NTTlar oʻrtasida tinglovchilarning davomati oʻzaro elektron axborot almashinuvi orqali vakolatli davlat organi tomonidan real vaqt (onlayn) rejimida monitoring qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquv jarayonlari tanlanma asosida tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari, vakolatli davlat organining hududlardagi boshqarmalari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda kuzatib borilishi mumkin.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
17. Oʻquv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin NTTlar tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlariga bitiruvchilarni test sinovidan oʻtkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquv kurslari yakunlariga koʻra tinglovchilar tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari va boshqa tegishli hududiy tashkilot (idoralar)ning vakillarini jalb qilgan holda real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qoʻllagan holda test va imtihon sinovidan oʻtkaziladi. Shuningdek, zaruriy hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olinishi mumkin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
18. Testlar, imtihon savolnomalari va amaliy imtihon vazifalari har bir oʻquv kursi yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, oʻquv yuklamalari va oʻquv dasturlari talablari asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda shakllantiriladi.
19. Imtihonlarning eng yuqori bali 100 ball etib belgilanadi.
20. Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga NTT tomonidan sertifikat beriladi.
4-bob. Oʻquv kurslari bitiruvchilarining oʻqitish xarajatlarini qoplab berish
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻquv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTTlar sarflagan xarajatlarning 70 foizi, biroq sertifikatga ega boʻlgan har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori vakolatli davlat organi tomonidan kompensatsiya qilinadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Bunda, kompensatsiya miqdori NTT va bitiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan xarajatlar miqdori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻquv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflagan xarajatlarini qoplab berish uchun NTTlar tomonidan vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy murojaat qilinadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
NTT va tinglovchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
sertifikat olgan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
oʻqitish xarajatlari uchun bitiruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar (qogʻoz yoki elektron shaklda) nusxalari (kvitansiya, chek va boshqalar).
Oldingi tahrirga qarang.
Murojaatnoma va hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari asosida vakolatli davlat organi va NTTlar oʻrtasida oʻzaro shartnoma tuziladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda mazkur hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa, vakolatli davlat organi va NTT oʻrtasida shartnoma tuzilmaydi va bir ish kuni ichida bu haqda NTT yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi hamda taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi.
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
NTTlar kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng takroran murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi tomonidan NTTlarga belgilangan kompensatsiya mablagʻlari oʻtkazib beriladi.
(22-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
NTTlar vakolatli davlat organidan olingan kompensatsiya mablagʻlarini sertifikat olgan bitiruvchilarga ikki ish kuni muddatida qaytarib beradi.
(22-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
23. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank” ATB, AT Xalq banki va ularning hududiy boʻlinmalari hamda vakolatli davlat organi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish tizimi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
24. Ushbu nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi

‎(titul varagʻi)

LOGOTIP OʻRNI

_________________________________________________________

(nodavlat taʼlim tashkiloti nomi)

KASB-NUNAR VA TADBIRKORLIKKA OʻQITISN DASTURI BOʻYICNA
‎OʻQUV KURSLARINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLAGANLIK TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT
‎№ 000000

____________________________________________________
‎____________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

“_____________________________________________________________________” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi.

_____________________________

___________________

(direktor F.I.O)

muhr oʻrni

(imzo)

20___ yil “___” ______________

(berilgan sana)

‎‎______________ viloyati ___________ tumani/shahri

Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nodavlat taʼlim tashkilotlar
(keyingi oʻrinlarda — NTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etishi uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ariza taqdim etadi.

Har yili
1-noyabrga qadar

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga koʻra NTTlar roʻyxati shakllantiriladi hamda roʻyxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga koʻrib chiqish, elektron reyestrga kiritish uchun yuboriladi.

Har yili
1-dekabrga qadar

3-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli davlat organi)

Inspeksiya tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlar nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida oʻrganib chiqiladi, belgilangan talablar taʼminlanmagan taqdirda, NTTlar elektron reyestrga kiritilmaydi, bu haqda Inspeksiyaga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi, taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Inspeksiya

Hujjatlar qaytarilganligi toʻgʻrisida tegishli NTTlarni xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

NTT

Kamchiliklar bartaraf etilib, nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli maʼlumotlar va hujjatlar Inspeksiyaga qayta taqdim qiladi.

Xabarnoma olingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida

6-bosqich

Inspeksiya

NTTlar tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, maʼlumot, hujjatlar hamda roʻyxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli davlat organi

Takroran taqdim ?tilgan roʻyxat, maʼlumot va hujjatlar ni?omning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta koʻrib chiqiladi.

Qayta koʻrib chiqilgan roʻyxatni umumlashtirgan holda NTTlarning elektron reyestrini shakllantiradi.

Belgilangan tartibda

Har yili
1-yanvarga
qadar

8-bosqich

NTT

Elektron reyestrga kiritilgan NTT tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari va vakolatli davlat organining hududlardagi boshqarmalariga rasmiy xabarnoma yoʻllaydi.

(Xabarnomada oʻqitish joyi, oʻqitish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi va tinglovchilari roʻyxati ilova qilinadi.

NTTlar oʻquv dasturlari doirasida tinglovchilarni shartnoma va toʻlov asosida oʻqishga qabul qiladi).

Oʻquv kurslari boshlanishidan kamida uch kun oldin

9-bosqich

NTT

Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, oʻqituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda anʼanaviy usulda oʻquv kurslarini olib boradi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

NTT

NTTlar tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlariga bitiruvchilarni test sinovidan oʻtkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.

Oʻquv kurslari yakunlanishidan ikki kun
oldin

11-bosqich

Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi

Oʻquv kurslari yakunlariga koʻra bitiruvchilarni Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari va boshqa tegishli hududuy tashkilot (idoralar)ning vakillarini jalb qilgan holda real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qoʻllagan holda test va imtixon sinovidan oʻtkazadi.

Shuningdek, zaruriy hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham oladi.

Belgilangan muddatlarda

12-bosqich

NTT

Yakuniy imtixon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga sertifikat beradi.

Belgilangan muddatlarda

13-bosqich

NTT

Sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflagan xarajatlarini qoplab berish uchun nizomning 21-bandida qayd qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli davlat organiga rasmiy murojaat qiladi.

Shartnomaga muvofiq

14-bosqich

Vakolatli davlat organi va NTT

Murojaatnoma va hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari asosida oʻzaro shartnoma tuzadi.

Oʻzaro belgilangan muddatlarda

15-bosqich

Vakolatli davlat organi

Agarda hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa, NTT bilan shartnoma tuzmaydi va bu haqda NTTni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

(NTTlar kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli).

Bir ish kuni ichida

16-bosqich

Vakolatli davlat organi

NTTlarga belgilangan kompensatsiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab
uch ish kuni mobaynida

17-bosqich

NTT

Vakolatli davlat organidan olingan kompensatsiya mablagʻlarini sertifikat olgan bitiruvchilarga qaytarib beradi.

Mablagʻ kelib tushgan kundan boshlab
ikki ish kuni mobaynida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan yoshlar va ayollarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha
KASBLAR ROʻYXATI
1. Pazandalik, oshpazlik va novvoylik.
2. Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.
3. Qandolatchilik, pazandachilik va karving.
4. Tikuvchilik (toʻqimachilik sohasining barcha turdagi xizmatlari).
5. Gilam toʻqish.
6. Charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish, taʼmirlash.
7. Zardoʻzlik, kashtachilik va gazlamalarga gul bosish.
8. Zargarlik va bijuteriya tayyorlash.
9. Sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari.
10. Kosmetolog
11. Uy hamshiraligi, bolalar va qariyalar parvarishi.
12. Kir yuvish va dazmollash xizmatlari.
13. Koʻp qavatli uylar va binolarga texnik xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya va joriy taʼmirlash.
14. Umumiy qurilish ishlari (beton quyish, gʻisht va kafel terish, suvoqchilik, boʻyoqchilik va pardozlash ishlari).
15. Darvoza, eshik va derazalar yasash va taʼmirlash (yogʻoch, plastik, metall va boshqa).
16. Slesar, tokar va metallarga ishlov berish, buyumlar yasash.
17. Duradgorlik, yogʻoch buyumlarini yasash.
18. Oʻymakorlik va ganchkorlik.
19. Kulolchilik.
20. Tosh, marmar, granit va boshqa inert materiallarga ishlov berish.
21. Haykaltaroshlik hamda kichik meʼmoriy shakllarni yasash va oʻrnatish.
22. Milliy musiqa asboblarini yasash va taʼmirlash.
23. Mebelsozlik
24. Santexnika uskunalarini oʻrnatish va taʼmirlash.
25. Elektropayvand, elektromontyorlik xizmati.
26. Maishiy texnikalar, kompyuter va ofis jihozlarini oʻrnatish, tuzatish va ularga xizmat koʻrsatish.
27. Avtotransport vositalarini taʼmirlash va jihozlash.
28. Obodonlashtirish va landshaft dizayn ishlarini tashkil etish.
29. Gul yetishtirish, gulchambarlar, gulli bezak va dekoratsiyalar tayyorlash.
30. Tantanalar, marosimlar, toʻy va tadbirlarni tashkil etish hamda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish.
31. Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash boʻyicha mutaxassis).
32. Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, vizuallashtiruvchi dizayner, texnik dizayner, moushn-dizayner, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator va boshqalar).
33. Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, kontent-menejer, muharrirlik xizmatlarini tashkil etish).
34. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).
35. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).
36. Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).
37. Buxgalteriya hisobi.
38. Brokerlik, rieltorlik, baholash ishlari.
39. Deklarant (tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi rasmiyatchiligi).
40. Logistika (yuk va yoʻlovchi tashish xizmati operatori).
41. Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlar reklamasini tashkil etish.
42. Turizm, mehmonxona va gid xizmatlari.
43. Bosma nashrlarni ishlab chiqarish va chakana savdo qilish.
44. Chorvachilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
45. Parrandachilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
46. Asalarichilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
47. Baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
48. Veterinariya va zootexnika.
49. Qassobchilik va kushxona xizmatlari.
50. Intensiv bogʻbonlik, mevali va manzarali daraxtlar yetishtirish va ularni parvarishlash.
51. Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish, yuritish va mahsulotlar yetishtirish.
52. Oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash xizmatlari.
53. Meva-sabzavotlarni saralash, saqlash, qadoqlash va birlamchi qayta ishlash.
54. Tish texnigi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-sonli qaroriga
2-ILOVA
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tizim asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki va aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — bank) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qarz oluvchilar — tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar;
kredit liniyasi — bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga (bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv yuklamasi — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda vakolatli davlat organi bilan birgalikda tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanlarning minimal yoʻnalishlari, miqdori va oʻquv soatini oʻzida mujassamlashtirgan qoʻshma yoʻriqnoma;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv dasturi — oʻquv yuklamasi asosida NTT tomonidan ishlab chiqiladigan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanning mazmuni va oʻtilish tartibi, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv kurslari — oʻquv dasturi asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT darslar toʻplami;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv kurs tinglovchilari (bitiruvchilari) — oʻquv dasturi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) yoshlar va xotin-qizlar;
Keyingi tahrirga qarang.
sertifikat — NTT tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga koʻra 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga taqdim etiladigan namunaviy shakldagi malakaviy hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron reyestr — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTTlar toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokredit — oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarga bank tomonidan ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
3. Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizomga muvofiq, kredit elektron reyestrga kiritilgan NTTlarning oʻquv kurslarini yakunlab, sertifikatga ega tashabbuskorlarga vakolatli davlat organi bilan bank oʻrtasida tuzilgan bosh kelishuvga asosan ajratiladigan mablagʻlar doirasida beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mikrokreditlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash va sertifikat olgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot almashish maqsadida, bank bilan mikrokreditlash dasturlarida ishtirok etayotgan oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha NTTlar tomonidan sertifikat berilgan shaxslar toʻgʻrisida oʻzaro elektron axborot almashinuvi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka jalb qilish jarayoni
6. Qarz oluvchilar oʻz faoliyatini amalga oshirish yuzasidan maslahatlar olish yoki yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, boshqa turli masalalarda hamkorlik qilish maqsadida bankka murojaat qilishlari mumkin.
Mijoz va bank oʻrtasidagi munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma joʻnatish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Mikrokreditlarni ajratish tartibi
7. Mikrokreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
8. Bank tomonidan sertifikat olgan:
tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda;
mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga 225 million soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan mezon asosida kredit bir qarz oluvchiga bir marotaba ajratiladi.
9. Qarz oluvchi bank bilan tuzilgan kredit shartnomasi doirasida kreditning kerakli qismidan foydalanishi mumkin.
10. Mazkur mikrokreditlar bankda alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
11. Mikrokreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish uchun ajratilmaydi.
12. Mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
13. Qarz oluvchi — yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.
4-bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
14. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka elektron ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, qarz oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat toʻgʻrisidagi maʼlumot taqdim etiladi.
15. Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan bank masʼul xodimi tomonidan kredit olish boʻyicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, bank masʼul xodimi (anderrayter) tomonidan skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan chiqarilgan ijobiy yoki salbiy qarori qarz oluvchiga va vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Skoring tahlilida qarz oluvchining quyidagi maʼlumotlari oʻrganiladi:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
kredit tarixi;
mazkur yoʻnalishlar boʻyicha kreditlarining mavjudligi;
qaysi oʻquv markazini bitirganligi;
tadbirkorlik uchun tanlangan yoʻnalishi;
kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi.
16. Elektron arizadagi maʼlumotlar va taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning bir-biriga mos boʻlishini taʼminlash qarz oluvchining zimmasida boʻladi.
17. Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisobotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli tashkilotdan elektron tarzda qabul qilib olinishi mumkin.
18. Bank jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchilarga mikrokreditlarni taʼminotsiz ajratadi. Kreditlarning qaytmaslik xatari bank tomonidan sugʻurtalanadi.
19. Qarz oluvchi — mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
uchinchi shaxs kafilligi;
sugʻurta polislari;
kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli davlat organining kafilligi;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
20. Bank qarz oluvchilarga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.
5-bob. Kreditlarni monitoring qilish va soʻndirish
21. Bank qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi Bankning elektron platformasiga biriktirib boriladi.
22. Bank kreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi. Bankda mikrokredit olgan tadbirkorlar faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va koʻmak berish instituti shakllantiriladi. Bunda, masʼul xodim kreditlarni soʻnggi muddatiga qadar kuzatish bilan shugʻullanadi. Monitoring tizimi mijozga yoʻnaltirilganlik uslubida amalga oshiriladi.
23. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablagʻlarini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
24. Qarzdor kredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan bosh tortgan hollarda, bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi.
Qarz oluvchining garov taʼminoti kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.
25. Sertifikatga ega qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yoʻnalishlari va natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar Bank tomonidan har oyning 5 sanasiga qadar Agentlikka taqdim etib boriladi.
6-bob. Yakuniy qoida
26. Ushbu nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Qarz oluvchilar)

Kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, qarz oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.

(Mijoz va bank munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma joʻnatish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi).

Belgilangan muddatlarda

2-bosqich

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — Bank)

Kredit olish boʻyicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif joʻnatadi.

Shuningdek, skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan ijobiy yoki salbiy qaror chiqaradi, qaror nusxasini qarz oluvchiga va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)ga taqdim etadi.

Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan

3-bosqich

Bank

Qarz oluvchilarga kreditlarni ajratadi

(Jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 mln soʻmgacha;

mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga 225 mln soʻmgacha.

Kreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarz oluvchilarga kreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.

Qarz oluvchi va bank oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq

4-bosqich

Bank

Qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasini bank elektron platformasiga biriktirib boradi.

Kredit toʻliq soʻndirilgunga qadar

5-bosqich

Bank

Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablagʻlarini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.

Qarzdor kredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan bosh tortgan hollarda, choralar koʻradi.

Qarz oluvchining garov taʼminoti kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda

6-bosqich

Bank

Qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yoʻnalishlari va natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etib boradi.

Har oyning 5 sanasiga qadar

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-sonli qaroriga
3-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — NNT) va mikrokredit tashkilotlari yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan imtiyozli shartlar asosida qarz ajratish tizimini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ushbu maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar NNTlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan qarzlarning moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
3. Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tanlov tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vakolatli davlat organi tomonidan mazkur nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan qarz ajratish NNTlar orasida ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun Vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuziladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
NNTlar tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
5. Quyidagilar baholashning va loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
NNT kamida bir yil davomida faoliyat yuritib kelayotganligi, oʻquv kurslari mavjudligi, uning sifati, oʻquv kurslari bilan qamrab olingan hudud va aholi soni;
keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihasida zamonaviy oʻquv modullari va mexanizmlarining nazarda tutilganligi;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanganligi haqidagi maʼlumotlar;
loyihani bajarish uchun tajribali va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjudligi;
NNT tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan mikroqarz foiz stavkasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1-iyulga qadar kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar uchun NNTlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Tanlov oʻtkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan boʻlishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlovlar boʻyicha eʼlonlar va maʼlumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda NNTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi, ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasida hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli davlat organi NNTlar oʻrtasida tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tanlovlar 1-avgustga qadar oʻtkazilib, ularning natijalari asosida gʻolib deb topilgan NNTlar bilan vakolatli davlat organi oʻrtasida ijtimoiy sheriklik boʻyicha shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuziladi.
Shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi qarz vakolatli davlat organi tomonidan NNTlarga ajratib beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
8. Shartnomada tomonlarning majburiyatlari belgilab beriladi. Jumladan, bunda resurslarning samarali va maqsadli ishlatilishi, qarzlarni va foizlari qaytarish shartlari, muddatlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar koʻrsatib oʻtiladi.
9. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
3-bob. Qarz ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
10. NNTlar tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun vakolatli davlat organi tomonidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi. Vakolatli davlat organi tomonidan resurslar ushbu maqsadga ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi doirasida ajratiladi.
Vakolatli davlat organi tomonidan resurslar ushbu maqsadga ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi doirasida ajratiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni ichida vakolatli davlat organi tomonidan NNTning maxsus hisobvaragʻiga qarz toʻliq oʻtkazib beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
12. NNTlar tomonidan oʻzlariga ajratilgan qarzning bir qismini mikrokredit tashkilotlariga shartnoma asosida resurs sifatida joylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. NNTlar tomonidan joylashtirilgan resurs mablagʻlari hisobidan mikroqarzlar mikrokredit tashkilotlari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarga quyidagi shartlarda ajratiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi NNTlarning moliyaviy savodxonlikni oshirish, kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlari talablariga mos kelishi;
mikroqarzlar tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 million soʻmgacha miqdorda ajratilishi lozim.
Mikrokredit tashkilotlari qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini taʼminlash shartisiz, shu jumladan, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydigan guruh kafilligi asosida mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
14. NNTlarga ajratilgan qarzlarning hamda mikrokredit tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan NNTlar tomonidan muntazam monitoring olib boriladi. Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va koʻmak berish yoʻlga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan NNTlar tomonidan har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Agentlik tomonidan ajratilgan resurs mablagʻlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda vakolatli davlat organi NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar shartnomada koʻrsatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. NNTlar tomonidan olingan qarz va ularga hisoblangan foizlar vakolatli davlat organiga shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda qaytariladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Vakolatli davlat organi mablagʻlarini oluvchilar vakolatli davlat organi taqdim etgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
18. NNTlarga ajratilgan qarzlarning samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan Agentlik tomonidan muntazam monitoring yuritiladi.
19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)

Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan kompleks dasturlari uchun qarz ajratish boʻyicha nodavlat-notijorat tashkilotlar orasida tanlov eʼlon qiladi.

(Tanlov oʻtkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan boʻlishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan eʼlon qilinadi).

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuzadi.

(Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi).

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tanlovlar boʻyicha eʼlonlar va maʼlumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi, ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi. Tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Tanlov oʻtkazilgunga qadar

3-bosqich

Nodavlat-notijorat tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — NNT)

Tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

4-bosqich

Tanlov komissiyasi

Tanlovni oʻtkazadi.

Har yili 1-avgustga qadar

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tanlov natijalari asosida gʻolib deb topilgan NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik boʻyicha shartnoma tuzadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

6-bosqich

Vakolatli davlat organi

Shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi qarzni NNT maxsus xisobvaragʻig? qarzni toʻliq oʻtkazib beradi.

(Tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln soʻmgacha miqdorda 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi).

Shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni ichida

7-bosqich

NNT

Ajratilgan qarzlarning hamda mikrokredit tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib boradi hamda ularga maslahat va koʻmak berib boradi.

Muntazam ravishda

8-bosqich

NNT

Monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boradi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

9-bosqich

Vakolatli davlat organi

Qarz mablagʻlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli.

Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar shartnomada koʻrsatiladi.

Shartnomaga muvofiq

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/388/0584-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)