1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga muvofiq davlat koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga Moliya vazirligi va yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat koʻchmas mulk obyektlarini (xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash tartibi;
respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha qaror qabul qilish tartibi;
respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshirish va qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berishda qabul qiluvchi tomonning mazkur obyektdan samarali foydalanishini taʼminlashni nazarda tutsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyun,
355-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyundagi 355-son qaroriga ILOVA
Respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)i — davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli boʻlgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i;
3. Respublika koʻchmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
4. Respublika koʻchmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
5. Qurilishi tugallanmagan obyektlar bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarordan nusxa va qurilish boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi haqidagi tasdiqlangan maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda, operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
6. Respublika koʻchmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu davlat tashkiloti faoliyati toʻxtatilmasdan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
7. Agar respublika koʻchmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilgan paytda ushbu obyekt savdoda turgan yoki sotilishi belgilangan yoxud tegishli ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan, investorlar bilan tuzilgan memorandum yoki shartnoma kuchda boʻlgan boʻlsa, topshiruvchining barcha, shu jumladan ijara shartnomasi yoki investorlar bilan tuzilgan memorandum yoki shartnomasi boʻyicha, huquq va majburiyatlari qabul qiluvchi tomonga oʻtkaziladi.
Bunda ijara shartnomasi tomonlari oʻrtasida boshqacha kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ijara shartnomasi unda belgilangan muddatga qadar oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Ijaraga olingan respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)i boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
8. Respublika koʻchmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va davlat tashkilotlarining tashabbuslariga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tegishli qarori bilan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2-bob. Respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash
9. Tashabbuskor davlat tashkiloti oʻzining yuqori turuvchi tashkilotiga (agar mavjud boʻlsa) respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini qabul qilish yoki topshirish yuzasidan murojaat qiladi.
10. Tashabbuskorning yuqori turuvchi tashkiloti tegishli murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini topshiruvchi va qabul qiluvchi yuqori turuvchi organi roziligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi taklifini taqdim etadi.
11. Respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) respublika koʻchmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Hukumatining tegishli topshirigʻi nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
b) manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika koʻchmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).
Mazkur murojaatlarda respublika koʻchmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq koʻrsatilishi shart;
12. Respublika koʻchmas mulk obyekti tegishli boʻlgan davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti (agar mavjud boʻlsa) rahbari obyekt toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻri taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
3-bob. Respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha qaror qabul qilish
13. Respublika koʻchmas mulk obyekti tegishli boʻlgan davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti yoki qabul qiluvchi davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilishi belgilangan obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikka taqdim etiladi.
14. Agentlik ushbu Nizomning 10-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan keyin uch kun ichida respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish maqsadida xulosa olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, maʼlumotlar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishda obyekt(lar)ni saqlash xarajatlarining maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa beradi.
Agar Moliya vazirligi tomonidan xulosa belgilangan muddatda taqdim etilmasa, respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishning maqsadga muvofiqligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan deb hisoblanadi.
16. Agentlik Moliya vazirligining xulosasini olgandan (kelishilgandan) keyin bir hafta muddatda tegishli qaror qabul qiladi va qaror nusxasini pochta aloqasi orqali manfaatdor davlat tashkilotlariga yuboradi.
17. Agentlik respublika koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda respublika koʻchmas mulk obyektlarining butligini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlarga belgilangan tartibda qoʻshimcha koʻrsatmalar berishi mumkin.
18. Respublika koʻchmas mulk obyektini qabul qiluvchi tomon qaror nusxasini hamda obyektdan kelgusida foydalanish maqsadlaridan kelib chiqib, obyektni saqlash xarajatlari boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi shart.
19. Respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshirish-qabul qilish ishlari Agentlikning tegishli qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi.
20. Qonunchilik hujjatlarida respublika koʻchmas mulk obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida berishning aniq muddati nazarda tutilgan hollarda ushbu muddat obyektlarni berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorda koʻrsatib oʻtilishi mumkin.
21. Respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonidan ushbu obyektlarni topshirish va qabul qilish uchun tegishli komissiya tarkibi tasdiqlanadi.
22. Topshiruvchi va qabul qiluvchi komissiya tomonidan imzolanadigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi.
Obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonlarning rahbarlari tasdiqlaydi.
Topshirish-qabul qilish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan topshirish-qabul qilish dalolatnomasining bir nusxasi komissiya tasdiqlagandan keyin oʻn kun muddatda Agentlikka taqdim etiladi, qolgan nusxalari topshiruvchi hamda qabul qiluvchida qoladi.
Respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshirish-qabul qilish uchun topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
23. Respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshirish-qabul qilish komissiyasi raisi va aʼzolari oʻzlari rasmiylashtirgan topshirish-qabul qilish hujjatlarining toʻliqligi hamda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan boʻlishi uchun javobgar boʻladilar.
Obyektni topshirish-qabul qilish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan taqdirda, tomonlar oʻzaro kelishgan holda asoslantirilgan sabablarni koʻrsatib, Agentlikni ogohlantirishlari shart.
24. Qabul qiluvchi davlat tashkiloti qabul qilib olingan respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)i belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
25. Agentlikning respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan begʻaraz berish boʻyicha qarori ushbu koʻchmas mulk obyekt(lar)iga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga asos boʻladi.
26. Respublika koʻchmas mulk obyektlari operativ boshqaruv huquqi asosida boshqa davlat tashkilotiga oʻtgan taqdirda servitut saqlanib qoladi va servitut belgilash uchun asoslar bekor boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoida
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va davlat tashkilotlarining tashabbusi asosida tegishli hujjatlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etadi.
Takliflar topshiriqqa muvofiq va tashabbus koʻrsatish tartibida beriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Respublika koʻchmas mulk obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab uch kun muddatda
Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlsa, davlat tashkilotiga qaror qabul qilishni rad etish boʻyicha yozma xabar yuboradi.
2-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Taqdim etilgan hujjatlarni tegishli xulosa olish uchun Moliya vazirligiga yuboradi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab uch kun muddatda
Moliya vazirligi
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, Agentlikka tegishli xulosa taqdim etadi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda
3-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Moliya vazirligining xulosasi asosida tegishli qaror qabul qiladi.
Xulosa taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Qaror nusxasini manfaatdor davlat tashkilotiga yuboradi.
Qaror qabul qilingan kundan keyin bir kun muddatda
4-bosqich
Davlat tashkiloti
Topshirish va qabul qilish uchun tegishli komissiya tarkibini tasdiqlash va obyektni topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshiradi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun muddatda