Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2016-yil 20-iyundagi 44-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2806, 2016-yil 7-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 27-son, 333-modda) bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
6-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Milliy arxiviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “yoxud Toshkent shahar” degan soʻzlardan keyin “markaziy” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.