1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 3 — 7 yoshli bolalarga taʼlim-tarbiya xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorining ulushini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
1. 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligiga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlar ajratilsin.
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar:
Moliya vazirligiga foizsiz 2026-yilda qaytarish sharti bilan ajratiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
ajratilayotgan mablagʻlarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
3. Moliya vaziri T. Ishmetov boshchiligida Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni odillik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash va moliyalashtirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
6.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadlariga ajratilayotgan markazlashgan mablagʻlardan manzilli va samarali foydalanishini taʼminlash, sohada amalga oshirilayotgan loyihalarni doimiy tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishda korrupsiya holatlariga, ortiqcha sarsongarchilik va qogʻozbozlikka yoʻl qoʻymaslik.
4. Komissiya (T. Ishmetov) mazkur qarorga muvofiq belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-may,
PQ-5125-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-maydagi PQ-5125-son qaroriga ILOVA
Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha komissiya
TARKIBI
1.
T.A. Ishmetov
—
moliya vaziri, Komissiya raisi
2.
A.V. Shin
—
maktabgacha taʼlim vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
3.
B.O. Onorboyev
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri
4.
A.M. Boboyev
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari
5.
N.B. Xusanov
—
bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
6.
B.I. Zokirov
—
qurilish vaziri
7.
A.A. Kamalov
—
Markaziy bank raisining oʻrinbosari
8.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosari
9.
A.B. Eshchanov
—
Moliya vazirligi departament direktori, Komissiya masʼul kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2021-y., 07/21/5125/0503-son, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)