Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017-yil 30-iyundagi 53/QQ va 20-Q/Q-son qarori (roʻyxat raqami 2910, 2017-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 787-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, harbiy akademik litseylar bundan mustasno.”.
2.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Akademik litseylarning oʻqituvchi lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishtirok etadi.”.
3.
8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” degan soʻzlar “tegishli oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
9-banddagi “ommaviy axborot vositalarida, shuningdek akademik litseyning rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa)” degan soʻzlar “ommaviy axborot vositalarida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning rasmiy veb-saytida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan onlayn ariza, soʻrovnoma (rezyume)larni ommaviy axborot vositalarida, milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning veb-saytida qabul qilish eʼlon berilgan kundan boshlanadi va 20 kun davom etadi.”.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“komissiya raisi oʻrinbosari — oliy taʼlim muassasasi taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimi”;
beshinchi xatboshidagi “tegishli kafedra mudiri, kamida 5 yil” degan soʻzlar “tegishli oliy taʼlim muassasasi va akademik litseyning 3 nafar tajribali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8.
34-banddagi “55” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin.