Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Yoqilgʻi, energiya manbalari, texnika va asbob-uskunalarga sarflanayotgan xarajatlar muttasil oʻsib borayotgan sharoitda respublika shahar va shahar atrofi yoʻlovchilar transportining barqaror ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 5-yanvaridan boshlab metro, tramvay, trolleybus va avtobusda bir marta yurish uchun cheklangan tarif — 3 soʻm qilib belgilansin.
2. 1993-yilning 5-yanvaridan boshlab shahar atrofiga yoʻlovchilarni avtomobilda tashish tariflarining amaldagi cheklangan miqdori 1,5 baravar oshirilsin.
3. Aholining ayrim toifalariga shahar va shahar atrofi yoʻlovchilar avtomobil transportida yurish uchun hozirgi vaqtda amal qilib turgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarori bilan tasdiqlangan shahar va shahar atrofi avtotransportida yoʻlovchilar tashish tariflarining cheklangan miqdori (
2-ilova) bekor qilinsin.