Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu, 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 305-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.