Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
TUGʻILGANLIK, NIKOH QAYD ETILGANLIGI VA OʻLIM HAQIDAGI GERBLI GUVOHNOMALAR ShAKLINI TASDIQLASh, GERB YIGʻIMINI JORIY QILISh TOʻGʻRISIDA
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan aholiga beriladigan gerbli guvohnomalar shakli va mazmunini “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiqlashtirish hamda FHDYo organlarini gerbli guvohnomalar bilan taʼminlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shakli 1-3a-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Gerbli guvohnomalar tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlikning adliya va sud muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
3. Belgilansinki, 1997-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga gerbli guvohnomalar berishda (oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida gerb yigʻimi undirilsin.
4. Gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar gerbli guvohnomalar va fuqarolik holatlari dalolatnomasi yozuvlari shakllarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va FHDYo organlarini rivojlantirishga sarflash uchun Adliya vazirligi ixtiyorida qoldirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri S. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin.