Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi
Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasining xayriya jamgʻarmalari sirasiga kiritilsin.
2. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek jismoniy shaxslarning “Umid” jamgʻarmasi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari foyda (daromad)ga soliq solish bazasidan chiqarib tashlanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.