toggle_night_mode
Hujjat 06.05.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ekologik turizmni rivojlantirish, kamyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini saqlab qolish va koʻpaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 27-maydagi 332-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining Zomin davlat qoʻriqxonasi (4 016,4 ga), Nurota davlat qoʻriqxonasi (20 312,87 ga), Qizilqum davlat qoʻriqxonasi (3 104 ga), Surxon davlat qoʻriqxonasiga (16 695 ga) tutash hududlarida ularning qoʻriqlanma zonasini tashkil qilish, shuningdek, Surxon davlat qoʻriqxonasi hududida joylashgan (395,6 ga) “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyektini qoʻriqxona hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Zomin davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 1-ilovaga muvofiq;
Nurota davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 2-ilovaga muvofiq;
Qizilqum davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 3-ilovaga muvofiq;
Surxon davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 4-ilovaga muvofiq;
Surxon davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazilayotgan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti maydoni 4a-ilovaga muvofiq;
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
Surxon davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkaziladigan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti ushbu qoʻriqxonaning doimiy foydalanishida qoldiriladi.
4. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda Hisor, Zomin, Qizilqum, Surxon va Nurota davlat qoʻriqxonalarining qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2021-yil yakuniga qadar Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda hududlaridagi mavjud buyurtma qoʻriqxonalar va tabiat yodgorliklarining qoʻriqlanma zonalarini belgilasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar:
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyektida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonalarida ziyorat va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlar va grantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maqsudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-may,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga
1-ILOVA
Zomin davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI

gektar

T/r

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

Bogʻlar

Oʻrmon bilan qoplangan yerlar

Lalmi yerlar

Yaylovlar

Siyrak oʻrmon bilan qoplangan yerlar

Toshli yaylovlar

Butazorlar oʻsgan yaylovlar

Toshli boʻtazorlar

Quruq oʻzanlar

Daryo va soylar

Togʻli yerlar

Yoʻllar

Soʻqmoq yoʻllar

Jami yer maydoni

Jizzax viloyati Zomin tumani

1.

Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi

4,7

395,3

5

21,5

3,5

1,4

4,9

7,4

9,9

1,5

455,1

Jizzax viloyati Baxmal tumani

2.

Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi

781,1

60

612

1003

60

650

10

30

1

40

2

3249,1

3.

“Baxmal buloqlari massivi” Suvdan foydalanish uyushmasi

10

73

213,7

10,5

5

212,2

Jami

10

785,8

133

1221

1008

81,5

653,5

1,4

14,9

47,9

10,9

46,5

2

4016,4

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga
2-ILOVA
Nurota davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI

gektar

T/r

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

Lalmi yerlar

Yaylovlar

Siyrak oʻrmon bilan qoplangan yerlar

Toshli yaylovlar

Toshloq yerlar

Butazorlar oʻsgan yaylovlar

Toshli butazorlar

Daryo va soylar

Ariq, kanallar va jilgʻalar

Jarliklar

Yoʻllar

Soʻqmoq yoʻllar

Boshqa yoʻllar

Jami yer maydoni

Jizzax viloyati Forish tumani

1.

Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi

667

385

181

28

115

103

5

5,5

1,5

1491

2.

Zaxira yerlar

877

406

204

54

127

107

6,5

6,5

1

1789

Navoiy viloyati Nurota tumani

3.

“Nurota qorakoʻl naslchilik” MCHJ

90

4084,29

20,58

4194,87

Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani

4.

Qoʻshrabot tumani zaxira yerlari

2922

28

35

18

279,3

3282,3

5.

Fozilmon oʻrmon xoʻjaligi

1600,5

2,9

49,3

1652,7

6.

“Abdurahmon bobo tarang tulporlari” f/x

15,5

1239,5

0,7

0,6

0,6

1256,9

7.

“Quvkalla hoji bobo maxsum” f/x

15,7

395,7

12,7

424,1

8.

“Qora bayir saxovati” f/x

150

150

9.

“Pangat togʻ giyohlari” MCHJ

1765

4

1769

10.

“Pangat qizil olma bogʻi” MCHJ

570

570

11.

“Pangat qizil olma chorvasi” MCHJ

440

440

12.

“Qizil olma chorvadorlik” MCHJ

125

125

13.

“Quvkalla baland bogʻlari” MCHJ

85

85

Samarqand viloyati Payariq tumani

14.

Payariq tumani zaxira yerlari

3053,6

2,9

21,2

5,3

3083

Jami

31,2

10926,7

791

7522,89

84,9

242

212,9

130,58

35,7

12

18,6

5,3

299,1

20312,87

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga
3-ILOVA
Qizilqum davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI

gektar

T/r

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

Sugʻoriladigan yerlar

Boʻz yerlar

Tomorqa yerlar

Meliorativ qurilish holatidagi yerlar

Yaylovlar

Siyrak oʻrmon bilan qoplangan yerlar

Qumliklar

Daryo va soylar

Ariq, kanallar va zovurlar

Jarliklar

Yoʻllar

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar

Jami yer maydoni

Buxoro viloyati Romitan tumani

1.

“Asat Asom” f/x

6

20

26

2.

“Nurislom Davlat” f/x

12

35

5,1

52,1

3.

“Kenes-Maksat fermer” f/x

19

6

25

4.

“Abdi-Japbor-Nurlon” f/x

30,1

10

32,8

72,9

5.

“Gulnur Sobir” f/x

10

 

10

6.

“Qizilravot Chorva zamini” f/x

5

5

7.

“Abdumalik Asqar Almat” f/x

8

8

8.

Aholi dala tomorqa yerlari

40,9

40,9

9.

Amudaryo daryosi oʻzani

360

360

10.

“Oltinsoy Fayz Hasan” f/x

300,1

300,1

11.

Zaxira yerlar

876

876

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani

12.

Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi

2

1325

0,5

0,5

1328

Jami

67,1

33

40,9

35

1176,1

2

1325

360

5,1

0,5

0,5

58,8

3104

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga
4-ILOVA
Surxon davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI

gektar

T/r

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

Shudgor qilinadigan yerlar

Bogʻlar

Uzumzorlar

Lalmi boʻz yerlar

Oʻtloq va yaylovlar

Tomorqa yerlar

Oʻrmonlar

Oʻrmon niholxonalari

Daryo va soyliklar

Ariqlar, kanallar, zovurlar

Yoʻllar

Qurilishlar, koʻchalar va maydonlar

Boshqa yerlar

Jami yer maydoni

Sugʻoriladigan yerlar

Lalmi yerlar

1.

Sherobod oʻrmon xoʻjaligi yerlari

199,2

42,8

26,4

1587,7

1856,1

2.

Xatak massivi (zaxira yerlar)

418,7

1701,5

3

6,7

0,2

62,2

2192,3

3.

Koʻxitang massivi (zaxira yerlar)

2,8

43,3

6,1

9424,7

0,9

86,8

35,8

0,1

13,2

8,1

801,6

10423,4

4.

“Qoʻrchiq Sherobod” f/x

59,7

358,8

1,9

1,5

0,9

2,6

0,7

9

435,1

5.

“Chinorsoy baraka” f/x

5,6

188,8

0,8

0,7

2,5

198,4

6.

“Pariqov Kamoliddin” f/x

57,2

0,2

0,1

57,5

7.

“Zavqiddin Mansur” f/x

90,3

1

0,6

91,9

8.

“Toshtemir Sanjar Sherzod” f/x

1,9

98,8

13,2

0,2

114,1

9.

“Ibragimov Xurshid Ermuhammad” f/x

1,3

116,9

0,2

0,5

118,9

10.

“Jayhun-Sayhun-Javohir” f/x

5

2

109,9

0,1

0,4

117,4

11.

“Abdullayev Allaberdi” f/x

349,5

1,2

350,7

12.

“Jahongir” f/x

629,8

2,5

2,2

100,5

735

13.

“Vandob shifo” sanatoriysi

4,2

4,2

Jami

2,8

734,7

44,8

26,4

6,1

14718,1

0,9

100

1,9

46,4

1,1

27

9

975,8

16695

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga
4a-ILOVA
Surxon davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazilayotgan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti
MAYDONI

gektar

T/r

Ariqlar, zovurlar, kanallar

Yoʻllar

Yaylovlar

Oʻrmonzorlar

Boshqa yerlar

Jami yer maydoni

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

1.

1,4

1,1

236,7

130,6

25,8

395,6

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga
5-ILOVA
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari (keyingi oʻrinlarda — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar)ning qoʻriqlanma zonalarini belgilash hamda rejimini oʻrnatish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan chegaradosh hududlar, shu jumladan, ularning hududiy qismlari oraligʻida joylashgan hududlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari hisoblanadi.
Umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida belgilanadi.
Muqaddam tashkil etilgan, lekin tashkil etish davrida qoʻriqlanma zonalari belgilanmagan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoʻriqxonalaridan tashqari) qoʻriqlanma zonalarining oʻlchamlari va rejimi, shuningdek, yer uchastkalarini saqlash vazifasi maxsus vakolatli davlat organlarining yoki mazkur hududlar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning taqdimnomasiga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Qoʻriqlanma zonalarning belgilanishi bilan bogʻliq xarajatlar mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanadi.
3. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qoʻriqlanma zonasining oʻlchamlari, chegaralari va rejimi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Qoʻriqlanma zonasining oʻlchamlari va uning chegaralari davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tabiiy obyektlari va majmualarini muhofaza qilish maqsadida umumdavlat ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari chegaralari Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari chegaralari mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
4. Qoʻriqlanma zona hududidagi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer maydonlaridan foydalanishda qoʻriqlanma zona rejimiga rioya etishlari shart.
Qoʻriqlanma zonada joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari olib qoʻyilmaydi. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxslar qoʻriqlanma zonaning rejimini muntazam buzsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilsa va ushbu shaxslarga nisbatan boshqa huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilganda, ularning muddatli yoki doimiy foydalanishdagi yer uchastkalari yoxud ularning bir qismi belgilangan tartibda olib qoʻyilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
5. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qoʻriqlanma zonasida yer egalari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoki oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tabiiy obyektlari va majmualariga har qanday salbiy taʼsirning oldini olish va kamaytirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududning alohida qismlari oʻrtasidagi aloqani taʼminlash orqali hayvonlarning yashash sharoitlari va migratsiyasini yaxshilash, ularni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududda yetarli samaraga erishilmagan holatlarda ularning sonini koʻpaytirish va tiklash;
muhofaza etiladigan tabiiy hududda muhofaza ostiga olingan oʻsimlik va hayvon turlari uchun tegishli biotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, muhofaza qilish, qayta tiklash, boshqa tabiiy obyektlardan barqaror foydalanish hamda ularni sanoqdan oʻtkazishning eng oqilona usullarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
antropogen taʼsir doirasidagi hududlardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishda muhofaza etiladigan tabiiy hudud tabiiy obyektlari va majmualarini saqlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan, boshqariladigan ekologik turizmni amalga oshirish.
6. Ushbu Nizom asosida har bir muhofaza etiladigan tabiiy hududning toifasi, turi va uning qoʻriqlanma zonasiga oʻrnatiladigan rejimning xususiyatlariga muvofiq ravishda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonasi toʻgʻrisidagi nizom mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hudud qaysi davlat organi yoki yuridik va jismoniy shaxslar tarkibida boʻlsa, shu davlat organi yoki yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Qoʻriqlanma zona rejimi
7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
ekologik tizimlar barqarorligining buzilishi va tabiiy landshaftlar koʻrinishining oʻzgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
oqova va chiqindi suvlarni tashlash uchun relyefning past joylaridan foydalanish;
oʻta xavfli kimyoviy va biologik moddalarni qoʻllash, atrof muhitga zararli fizik taʼsir koʻrsatuvchi harakatlarni amalga oshirish;
iqlimlashtirish maqsadida oʻsimlik va hayvonlarning turlari hamda kenja turlarini joylashtirish;
sanoat usulida qayta ishlash maqsadida dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar xomashyolarini tayyorlash;
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklarni himoya qilish maqsadida kimyoviy zaharli vosita (pestitsid)larni qoʻllash;
ilmiy maqsadlardan tashqari hayvonlarni ovlash, daraxt va butalarni kesish;
daryo va soylarning gidrologik rejimini oʻzgartirish;
oʻsimliklar va landshaft qoplamini oʻzgartirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy taʼsir qiluvchi sanoat obyektlarining faoliyat yuritishi, ularni qurish, qayta taʼmirlash;
portlatish yoʻli bilan geologik-qidiruv ishlarini olib borish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy taʼsir qiluvchi foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini, shuningdek, radioaktiv materiallarni saqlash va koʻmish.
8. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonasidagi tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan cheklanishi mumkin.
Cheklashlar quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
qoʻriqlanma zonada joylashgan tabiiy obyektlardan foydalanishda atrof muhitga chiqindi yoki ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishiga sabab boʻladigan faoliyat turlariga vaqtincha taqiq oʻrnatish (kalendar yilning maʼlum bir vaqti, mavsumi yoki davri uchun);
ayrim faoliyat turlarining tabiiy resurslardan foydalanish hajmlari belgilanmagan hollarda foydalanish hajmlarini belgilash, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan meʼyorlarga nisbatan kamroq hajmlarda foydalanish tartibini oʻrnatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar yoki mazkur hududning boshqaruv organi bilan kelishgan holda ayrim faoliyat turlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan ruxsat etilishi mumkin.
9. Tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob oʻsimliklarni va davlat tabiat yodgorliklarini asrash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarida uning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi. Yer uchastkalarini saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi.
10. Qoʻriqlanma zonada cheklangan va taqiqlangan xoʻjalik yoki boshqa turdagi faoliyatlar roʻyxati muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonasiga kirish joylarida oʻrnatiladigan maʼlumotlar taxtasida yozib qoʻyiladi.
11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonasi hududida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan meʼyorlarga qatʼiy rioya qilgan holda davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon biletlariga muvofiq, aholi punktlari va zaxira yerlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hududiy boʻlinmalarining ruxsatnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Qoʻriqlanma zonaning oʻlchamlari, chegaralari va rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, cheklangan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat turlarining roʻyxati muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga kiritiladi.
13. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. Zarur hollarda boshqaruv rejalari loyihalari yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va ijarachilar bilan kelishiladi.
Qoʻriqlanma zona hududida biotexnik tadbirlarning oʻtkazilishi muhofaza etiladigan tabiiy hudud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
14. Qoʻriqlanma zona hududida sayyohlik va ekskursiya qatnov yoʻnalishlari (ekosoʻqmoqlar), toʻxtash joylari, koʻrgazma maydonchalari, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan volyerlar tashkil qilish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududning faoliyatini, tabiatni muhofaza qilish va boshqa masalalarni targʻib etish uchun maxsus maydonlar ajratilishi mumkin.
Sayyohlar toʻxtash joylari, chodirlar oʻrnatish, avtotransport vositalarini joylashtirish, gulxan yoqish va shu kabilar faqat maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Qoʻriqlanma zonaning rejimi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlash xodimlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon qoʻriqchilari tomonidan taʼminlanadi.
16. Qoʻriqlanma zona rejimining taʼminlanishi boʻyicha nazorat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlash xodimlari, shuningdek, oʻrmon fondi yerlaridagi oʻrmonlarni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Qoʻriqlanma zonasi rejimi buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 82-moddasi.
Qoʻriqlanma zonasi rejimining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar aybdorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.