1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 04-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2929-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 171-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2929, 2017-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1015-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-aprel,
119-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 15-apreldagi 119-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“97. VSHda saqlanayotgan shaxsning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda, VSH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs zudlik bilan bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organni, shuningdek prokurorni xabardor qilishi shart.
98. Ovqat yeyishni rad etayotgan shaxs VSH tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida boʻladi.
99. Ovqat yeyishni rad etgan shaxsning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburlov yoʻsinidagi (sunʼiy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi.”.
6. 100-banddagi “ovqat yeyishdan bosh tortishi” degan soʻzlar “ovqat yeyishni rad etishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 101-banddagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 107-banddagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“176. Sud, prokuror, himoyachi yoki VSHlarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga yoʻllangan ariza, taklif va shikoyatlar senzuradan oʻtkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay muhrlangan tarzda oluvchilarga yuboriladi yoki topshiriladi, telegrammalar esa darhol yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi.”.
“178. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay VSH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi.”.
“8. Inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli hamda jinoyat quroli sifatida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan sanoat usulida yoki qoʻlbola tarzda yasalgan tigʻli, kesuvchi, uchi oʻtkirlangan sanchiladigan kasbiy va xoʻjalik-maishiy (pichoq, bigiz, ustara (elektr ustara bundan mustasno), qaychi va boshqa) ashyolar.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2929-2/0406-son)