Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning Oʻzbekistonning porloq kelajagi yoʻlidagi mehnati, bilim sari intilishi, jamoat ishlarida faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va ilmiy hamda ijodiy izlanishlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari “Kamolot” jamgʻarmasining yoshlarning ilm-fan, sanʼat, adabiyot sohasidagi eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari, tadbirkorlik, sport sohasida erishgan yuqori natijalari uchun “Kamolot” jamgʻarmasining mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi mukofoti toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 1993-yil 11-maydagi 218-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.