Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-son “Taʼlim toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi.”.
“Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) — muayyan fan tarmogʻining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yoʻnalishida talabgorlar uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;”;
“dissertatsiya bajarilgan muassasa — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi boʻyicha tadqiqot olib borish uchun masʼul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa;”;
ikkinchi xatboshidagi “oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi” degan soʻzlar “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7. 18-bandning
birinchi xatboshisidagi “OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) kiritilgan” degan soʻzlar “ilmiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat boʻlgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda eʼlon qilingan 3 ta (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab boʻyicha eʼlon qilingan monografiya bundan mustasno.”.
11. 33-bandning
birinchi xatboshisidagi “Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining” degan soʻzlar “Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“pasport nusxasi yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari;”.
13. 54-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan soʻzlar “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.